O’zbekistonda lizing turlari va lizing tuzish shartlari «Lizing to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining, 8, 9-moddalarida aniq va ravshan ko’rsatilgan.
Lizing operatsiyalari ishtirokchilari o’rtasida uch tomonlama shartnoma (oldi- sotdi-ijara) tuzilib, unda bitimning asosiy talablari, tomonlarning huquqi va majburiyatlari aks ettiriladi.
Lizing shartnomasida quyidagilar ko’rsatiladi (yoki ko’rsatilishi shart:
lizing ob’ekti;
etkazib berish muddati;
ijara muddati;
ijara beruvchining mulkka egalik qilish huquqi;
xavf-xatar, javobgarlik, uskunaning soz ekanligi;
uskunalardan foydalanish yo’riqnomalari;
uskunani ta’mirlashi va hizmat ko’rsatish;
zararlar, tasodifiy hodisalar;
sug’urtalash;
ijara to’lovlari;
to’lovni kechiktirgani uchun jarima;
sotib olish imkoniyati;
shartnomani bekor qilish shartlari;
uskunani qaytarish vaqti;
soliqlar;
tomonlarning qo’shimcha huquqlari;
lizing shartnomasini kuchga kirishini kechiktiruvchi sharoitlar;
tomonlarning joylashgan o’rni;
bankning kafolati;
Bankning (lizing firmasining) ishi, mijozlarni qidirib topish va buyurtmani rasmiylishtirishdan boshlanishi zarur. Buning uchun xo’jalik tashkiloti unga xizmat qiluvchi bank muassasalariga murojaat qiladi yoki uning o’zi haqiqiy mijozni- ijarachilarni hamda dastgohlar va mashinalarni etkazib beruvchilarni topadilar.
Talabnoma dastgohlarni va ularni texnikaviy tavsilotini aniq ko’rsatgan holda mahsus hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Shundan so’ng bank korxonaning o’zining haqiqiy mijozini iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarini o’rganadi. Odatda o’rganish ob’ekti bo’lib keyingi yillardagi korxona balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi ma’lumotlar, korxonani rivojlanish loyihasi hisoblanadi, ya’ni uning kredit qobiliyati baholanadi, ijaraga olgan dastgohlaridan foydalanganligi uchun o’z vaqtida to’lovlarni berish qobiliyati baholanadi.
Moliyaviy nuqtai nazardan mulkni sotib olish bahosi, uzoq muddatli kredit uchun bank protsenti, daromad solig’i stavkasi, amortizatsiya ajratmasi normasi to’g’risidagi ma’lumotlarni taxlil qilish alohida ahamiyatga egadir. Shuningdek mulkning qoldiq qiymati, firma (bank) ning lizing operatsiyalari tahlil qilinadi.
Mijozning kreditini to’lay olish qobiliyati tahlil qilib bo’lingandan so’ng shartnoma tuzish to’g’risida uzil-kesil bir qarorga kelinadi. Shartnomani tayyorlash jarayonida (bosqichida) mulkni olish bilan bog’liq barcha harajatlar baholanadi, shartnoma muddati, vznosni to’lash davri oralig’i belgilanib, ijara bo’yicha to’lovlarni hisoblab chiqiladi. Ijara haqini aniqlashni qulaylashtirish uchun ularning to’lov muddati- har oyda, kvartalda, yarim yilda, bir yilda deb qabul qilinadi, ijara haqini bankning uzoq muddatli kredit bergan davridan ham uzunroq muddatga cho’zish imkoniyatlari belgilanadi. Ijara haqini hisoblashda shuningdek soliq undirish stavkalari va mulkni sug’urta qilish bo’yicha xarajatlar e’tiborga olinadi.
(Ijara to’lovlarini hisoblash ishlari bilan alohida shug’ullanish zarur bo’ladi).
Lizing firmasi yoki kompaniyasi ijarachining (ijara oluvchining) kreditni qaytara olish qobiliyatini aniqlab shartnomaga imzo chekkandan so’n bitimdagi mulk (ob’ekt) qiymatini to’laydi. Mehnat vositalari uchun uni etkazib beruvchiga ajratilgan pul summasi lizing tashkilotining mahsus hisob raqamida aks etdiriladi. Bu hisob
raqamidan chegirib tashlash ijara haqi to’lovini kelib tushishiga qarab olib boriladi. Bitim ob’ekt realizatsiya qilinguncha mulk lizing tashkiloti mulki bo’lib turadi.
Ijarachi (ijaraga oluvchi) mulk ob’ektini keltirganda qabul qilib olishga majburdir. Dastgohlarni qabul qilish, o’rnatish, komplekt holga keltirish va foydalanish bo’yicha barcha texnikaviy va huquqiy qoidalar ijarachining shaxsiy hisobidan ta’minlanadi.
Ob’ektni qabul qilishda ijaraga oluvchi uni kelib tushganini tasdiqlovchi bayonnoma tuzadi. Bu hujjatni uning o’zi, mulkni etkazib beruvchi va sotuvchi imzolaydi.
Bayonnomaning nushasi, ijaraga beruvchiga topshiriladi. Agar arendator lizing bitimi tuzilgan ob’ektni, ya’ni mehnat vositalarini qandaydir kamchiliklarni tufayli qabul qilishni hohlasa, u holda yuzaga chiqarilgan kamchiliklari ko’rsatib, asoslab ijaraga beruvchini yozma ravishda xabardor qilishi zarur. Bunday taklif ijaraga beruvchiga mulkni etkazib beruvchini lizing shartnomasini bekor qilinishi va ko’chirilgan pul mablag’larini qaytarilishini xabardor qilish huquqini beradi.
Ijaraga beruvchi imkoniyat boricha ijarachiga (arendatorga) zarur mehnat vositalarini (texnika, dastgohlar, mashinalar va shunga o’xshashlar) etkazib beruvchini topishiga yordamlashishi mumkin.
Bitimga ko’ra (bitim tuzilganda) ob’ektni ijaraga olib, ijarachi lizing firmasiga ijara haqi vznoslari, kredit uchun foiz, ijaraga bergan tomonning ustama xarajatlarini qoplash uchun lizing stavkasi to’laydi. (Lizing stavkasi shartnomada kelishiladi). Shundan so’ng lizing firmasi dastgohlarni keltirish uchun uni etkazib beruvchiga buyurtma beradi. Ijaraga olinadigan mulk jo’natilgandan so’ng mulkni jo’natuvchi to’lov talabnomasini tovarni kuzatuvchi hujjatlar bilan bankka beradi.
Agar u qandaydir sababga ko’ra o’z vaqtida ijara vznosini to’lay olmasa, u holda ijarachi ijaraga bergan tomonga to’lov muddatini kechiktirishni so’rab talabnoma yozadi. Kechirimli sabablar bo’lgan holda ijara haqining to’lov muddati 30 kungacha orqaga surilishi mumkin. Bir nushasi ijarachiga jo’natiladi. Dastgohlar haqi to’langandan so’ng bank shartnomaga ko’ra balans va balansdan tashqarida
bo’lgan hisob raqami ochadi, ijarachining vznoslarini hisobga olish, qabul qilish ishlarini talab etadi. Kechiktirilgan to’lov muddati uchun ijarachi shartnomada keltirilgan miqdorda peniya to’laydi. Hisob-kitob ishlari muttasil kechikib tursa ijaraga beruvchi kontraktni uzib qo’yishi mumkin va lizing shartnomasini muddatidan avval bekor qilinishi bilan kelib chiqqan barcha zararlar ijarachi tomonidan qoplanishi lozim.
Amaliyotda lizingni quyidagi turlaridan foydalaniladi: Dunyo amaliyoti turli xil lizinglarni biladi. Ular: