Lizingni oddiy ijaradan asosiy farqi, xususiyati shundaki, lizingda ijaraga berilgan, korxonalar, sanoat mahsulotlari (tovarlari, asbob-uskunalar, qo’zg’almas mulklar ulardan ishlab chiqarish masadlarida foydalanish uchun ijaraga berilgan muddat tugagandan so’ng, ijarachi shartnoma asosida ularni:
qoldiqqiymatiasosidasotibolishi;
ob’ektni ijaraga bergan tomonga (lizing kompaniyasiga) qaytarib berishi;
yokiijaramuddatinicho’zishimumkin.
Shu uchta variantning birortasini tanlash to’g’risida ijarani shartnoma muddati tugamasdan 1,5 yil ilgari lizing firmasini xabardor qilish lozim. Mashinalar, dastgohlar va boshqa mehnat vositalari bo’yicha lizing bitimining tartibi shunday bo’ladi.
Ijara muddati qoida bo’yicha mulkiy ammortizatsiya davriga
to’g’ri keladi. Bu moddiy boyliklar turiga va ularning dastlabki qiymatiga bog’liq bo’ladi. Ijara muddati qancha ko’p bo’lsa va shunga yarasha mulkni qoldiq qiymati kam bo’ladi va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish uchun keng imkoniyat yaratiladi.
Lizingoperatsiyalariishtirokchilari,ya’nisub’ektlaribo’lib, moliya tashkilotlari - kommertsiya banklari, O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi, turli xil fondlar, chet el investorlari, moliya institutlari; korxona, ishlab chiqaruvchi, dastgohlarni etkazib beruvchi, yoki tovar sotuvchi - ya’ni mehnat vositalari yoki
ko’chmas mulkning har qanday egasi; mehnat vositalarini ijaraga oluvchi har qandan korxona, jismoniy shaxs, tadbirkorlar, mehnat vositalarini ijaraga beruvchi ixtisoslashgan, lizing kompaniyalari, firmalar hisoblanadi.
Demak, lizing sub’ekti bo’lib lizing beruvchi, lzing oluvchi va sotuvchi tomonlar hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati uchun ishlatiladigan Lizingoperatsiyasiningob’ektibo’lib omborlar, har qanday iste’mol qilish mumkin bo’lmagan, shu jumladan korxonalar mulk majmualari, transport vositalariva boshqa ko’chib yuradigan va ko’chmagan mulklar bo’lishi mumkin. Lekin qurilish ko’p vaqt talab qilganligi tufayli ijarachi shartnoma talablariga ko’ra, birinchidan, keyinchalik to’lanadigan ijara haqi hisobidan avans to’lab qo’yishi; ikkinchidan, shartnoma muddatidan avval faoliyati tugab qoladigan bo’lsa, ijara ob’ekti lizing kompaniyasi (firmasi)ga ob’ektni (mulkni) qaytarib berishi, ijarachi esa qolgan qarzlarini to’lashi (qoplashi) zarur.