Moliya Instituti E. Egamberdiev X



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə75/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98
Kichik biznes

«Lizing to’g’risidagi» O’zbekiston Respublikasi Qonuniga ko’ra. Er uchastkalari va tabiiy boyliklar (ob’ektlar), va shuningdek qonun bilan man etilgan boshqa mulklar lizing ob’ekti bo’la olmaydi.
O’zbekiston banklar assotsiatsiyasining infrastruktura segmenti hisoblangan universal lizing kompaniyasi keyinchalik iqtisodiyotning yanada yirik sohalari uchun zarur bo’lgan texnologik dastgohlar va texnikasiga bo’lgan talablarini qondira olishi mumkin. Masalan, neftni qayta ishlash, ximiya, paxta tozalash, trikotaj va tekstil ishlab chiqarish, fan yutuqlarini ko’p talab qiladigan tarmoqlar uchun.

Respublikamiz prezidenti I. Karimov ham bu to’g’risida


o’zlarining «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» kitoblarida shunday deganlar:
«Yaqin kelajakda kichik va o’rta biznes respublikaning ishlab chiqarish tuzilmasida iqtisodiyotning harakatchan, oson o’zgartirila-digan sohasi sifatida etakchi o’rinni egallashiga erishish lozim.
Biz kichik va o’rtacha korxonalar ibtidoiy eskirgan asosda emas, balki sifatli va zamonaviy texnika negizida barpo etilishi kerakligiga asoslanamiz. Buning uchun ularni rivojlantirishning yangi manbalari ham chet el investitsiyalarini keng jalb ilish hisobiga doimo kashf etib borilishi darkor».

Bunday vazifalarni hal etish yo’llaridan biri bu Respublika Vazirlar Mahkamasining 9 noyabr 1995 yildagi 427 t.r. «O’zbekiston bank tizimini rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirish choralari to’risida»gi Qarorida ko’rsatilgan universal lizing kompaniyalarini yaratish hisoblanadi.


Lizing - bu mulkni olish va keyinchalik uni uzoq muddatli

ijaraga topshirish asosida undan vaqtinchalik foydalanish bilan bog’liq bo’lgan mulkiy munosabatlar majmuidir.


Lizing - bu odatdagi bank ssudasiga alternativ ravishda uzoq muddat hizmat qiladigan dastgohlar, mashina va boshqa texnika vositalarini olish uchun kredit berish shaklidir. Bu asosiy vositalar maxsus ixtisoslashgan firmalar, kompaniyalar orqali olinib mulkka egalik qilish huquqi berilgan uchinchi tomonga (shaxsga) uzoq muddatga ijaraga topshiriladi. Lizing iborasi inglizcha so’zdan
olingan bo’lib «ijaraga olmoq» degan ma’noni bildiradi. Ijara 5yildan 10yilgacha muddat hisoblanadi. Lizingga - oldi-sotdi, ijara, sug’urta, zayom, topshiriq (porucheniya), kafolat, hizmat ko’rsatish va boshqa zaruriy elementlar kiritiladi.
Masalan, bank vositachi sifatida o’z daromadidan mulkni sotib olib, boshqa mijozga yoki xo’jalik sub’ektiga ijaraga berishi mumkin. Bu erda uch tomonlama oluvchi, sotuvchi va o’rtadagi ijarachi (masalan bank) bilan mulkiy munosabat o’rnatiladi, bitim tuziladi.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin