Moliya Instituti E. Egamberdiev X



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə85/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   98
Kichik biznes

Hozirgi vaqtda bank tizimi to’g’ridan-to’g’ri moliya lizingini amalga oshirishga yo’naltirilgan. Bevosita lizing mexanizmi, boshqa hil operatsiyalarni to’lovlarini hisoblash bo’yicha metodik qo’llanmalar bilan taminlanmagan. Moliyalashtirish uchun zarur bo’lgan operativ, tezkor, tiklanadigan, sof, to’liq lizinglar bo’yicha tipik shartnomalar ishlab chiqilmagan. Shuningdek eksport va import lizinglar bo’yicha ham tipik (o’xshash) shartnomalarni tayyorlash lozim bo’ladi. Lizing firmalarini komission mukofatlash tartibini aniqlash instruktsiyasini ham qabul qilish uni takomillashtirib borish zarur deb hisoblaymiz.
Bizning iqtisodiyotimizda tadbirkorlikning lizing shakliga o’tish va uni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish zarur edi. Bizda buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Shularni hisobga olib 14 aprel 1999 yilda «Lizing to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bu qonun asosida lizingni amalga oshirishdagi barcha munosabatlar boshqariladi.
O’zbekiston banklar assotsiatsiyasining infrastruktura segmenti hisoblangan universal lizing kompaniyasi keyinchalik iqtisodiyotning yanada yirik sohalari uchun zarur bo’lgan texnologik dasgohlar va texnikasiga bo’lgan talablarni qondira olishi mumkin. Masalan, neftni qayta ishlash, ximiya, paxta tozalash, trikotaj va tekstil ishlab chiqariy, fan yutuqlarini ko’p talab qiladigan tarmoqlar uchun.

Respublikamiz Prezidenti I.Karimov ham bu to’g’risida o’zlarining


«O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» kitoblarida shunday deganlar:
«Yaqin kelajakda kichik va o’rta biznes respublikaning ishlab chiqarish tuzilmasida iqtisodiyotning harakatchang, oson o’zgartiriladigan sohasi sifatida etakchi o’rinni egallashiga erishish lozim.
Biz kichik va o’rta korxonalar ibtidoiy eskirgan asosda emas, balki sifatli va zamonaviy texnika negizida barpo etilishi kerakligiga asoslanamiz. Buning uchun ularni rivojlantirishning yangi manbalari ham chet el investitsiyalarini keng jalb qilish hisobiga doimo kashf etib borilishi darkor».

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin