Moliya institutiXo‘jalik muomalalarining mazmuni
Xulosa Hisobot davri oxirida 9040-hisobvaraqning debet saldosi yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi». 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» hisobvarag‘ida tayyor mahsulot va tovarlar qiymatidan xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar hisobga olinadi. Xaridor va buyurtmachilarga chegirmalar berilganida quyidagicha provodka beriladi: D-t 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga»berilgan chegirmalar» K-t 4010,4110-hisobvaraqdar. Hisobot davri oxirida 9050-hisobvaraqning debet saldosi yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar».Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 9110-«Sotilgan mahsulot tannarxi» 9120-«Sotilgan tovarlar tannarxi» 9130-«Sotilgan ish va xizmatlar tannarxi» 9140-«Davriy Hisobda TMZlarni xarid qilish va sotish» 9150-«Davriy hisobda TMZlar baxrsiga to‘zatishlar». Yüklə 21,25 Kb. Dostları ilə paylaş: |