Moliya” kafedrasi 60410400



Yüklə 227,22 Kb.
səhifə10/12
tarix18.12.2023
ölçüsü227,22 Kb.
#184100
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
praktika2023

Jizzax shahar moliya organi rahbari
(nasl nomasi va ismi) (imzo)
(muhr o‘rni)
8-mavzu. Moliya bo’limining byudjet ijrosi va hisobi sho’basining funksiya va vazifalari

Moliya bo’limi o’z tarkibiga qamrab oluvchi bo’linmalaridan biri bu Byudjet ijrosi va hisobi sho‘basidir. Bizga ma'lumki, o'tgan yillar mobaynida olib borilgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi qay darajada ekanligini ko'rsatib berdi. Bu borada, davlat moliyasi tizimining puxta ishlab chiqilganligi o'z natijalarini berdi. Xususan, Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev "Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo'lishini ta'minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir12"-deya ta'kidlab o'tdilar. Ayniqsa, o'tgan yillar mobaynida mamlakatimizda zamonaviy Davlat budjetining barpo etilganligi, budjet tizimi faoliyatini ta'minlashda budjet loyihasini tuzish, ko'rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishiga tegishli bo'lgan davlat hokimiyat va mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari hamda budjet jarayoni ishtirokchilarining faoliyati samarali tashkil qilinganligi budjet jarayoni munosabatlarini ta'minlab berdi. Biroq, budjet jarayonini tashkil qilishda ko'zga ko'rinarli natijalarga erishgan bo'lsada, shu bilan birga budjet jarayonini tashkil qilishda ayrim muammolar ham mavjud. Mavjud muammolarni echimini topish, budjet jarayonini tashkil qilishda ishtirok etuvchi organlar faoliyatini yanada takomillashtirish, budjet loyihasini shakllantirish va ijro etishda budjet nazoratini samarali tashkil etish bugungi kunning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Shu bois, budjet jarayonini tashkil etishda O'zbekiston Respublikasi budjet jarayonining asosiy ishtirokchilari faoliyati hamda budjet nazorati o'rnini va ahamiyatini oshirish mavzuning dolzarbligi o'zida aks ettiradi.


Iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish, iqtisodiy qonunlarni bir me'yor doirasida amal qilishi ko'p jihatdan davlatni moliyaviy siyosatini asosiy bo'g'ini Davlat budjetiga bog'liqdir. Davlat budjeti o'zida davlat daromadlari va xarajatlarni mujassamlashtirgan moliyaviy rejadir.


Byudjet mablag'larini sarflanishini to'g'ri rejalashtirish, undan samarali foydalanish mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy ahvoliga bevosita ta'sir ko'rsatib bu budjet tizimi hamda jarayonini qayta ko'rib chiqish ahamiyatini oshiradi. Avvalambor, budjet jarayoniga ta'rif beradigan bo'lsak, "Budjet jarayoni- davlat budjetini tuzish, ko'rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayon" Byudjet jarayonining mazmuni mamlakatning davlat va budjet tuzilishi, tegishli organlar va yuridik shaxslarning budjet huquqlari bilan belgilanadi hamda budjet jarayonining mazmunini belgilashda budjetni tuzish tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat budjetini tuzishning nazariy va metodologik masalalari muhim rol o'ynaydi.

Yüklə 227,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin