Jizzax shahar moliya organi rahbari
(nasl nomasi va ismi) (imzo)
(muhr o‘rni)
4-mavzu. Moliya bo’limining davlat maqsadli dasturlari monitoringi sho'basining funksiya va vazifalari
Ma'lumki, moliya tizimida davlat markazlashgan maqsadli jamg'armalari alohida o'rin tutadi. Mazkur jamg'armalarning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan tashqari maqsadli pul jamg'armalarining o'rni va ahamiyati juda muhimdir. Chunki, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag'batlantirishda bevosita davlat byudjeti bilan birga byudjetdan tashqari maqsadli jamg'armalardan ham foydalaniladi. Davlat byudjeti o'zining daromadlarini aniq xarajatlariga biriktirilmasligi hisobiga mablag'larning moslashishiga ko'mak beradi. Ammo xarajat moddalari bo'yicha mablag'larning ortiqroq yo'naltirishga erishmaslik lozim, xususan bunda ijtimoiy talablar maxsus e'tiborni talab etadi, chunki hamma vaqt ushbu maqsadlar uchun xarajatlarni kamaytirishdek xavf mavjud bo'ladi. Shuning uchun ham rivojlanishning eng muhim yo'nalishlarini aniqlash va mablag'larni maqsadli ishlatilishi va yo'naltirilishi ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holatlar
maqsadli umumdavlat vazifalarini moliyalashtirishda tegishli davlat maqsadli jamg'armalarni tashkil etish uchun asos bo'ldi.
Byudjetdan tashqari jamg'armalarni tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun muhim bo'lgan xarajatlarni byudjet mablag'laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta'minlashdir. Byudjetdan tashqari jamg'armalarni tashkil etilishining muvofiqligini ta'minlovchi yana bir muhim omil - bu byudjet taqchilligidir. Xarajatlarni daromaddan o'sib ketishi kuchayishiga moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishda emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag'larni qayta guruxlanishini xam talab etadi. Va nihoyat, xo'jalik yuritishning va xususiylashtirishning ko'p qirrali shakllari, byudjet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul mablag'larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo'llash zaruriyatini qat'iy talab etadi.
Byudjetdan tashqari jamg'armalar dastlab, maxsus jamg'armalar shaklida yoki byudjet kelib chiqqunga qadar maxsus hisoblar shaklida paydo bo'lgan. Hukumat o'zining faoliyatining kengayishi bilan ularni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mablag'larni talab etuvchi yangi xarajatlarga ehtiyoj sezardi. Bu mablag'lar maxsus maqsadlar uchun mo'ljallangan alohida jamg'armalarda yig'ilar edi. Bu jamg'armalar qoidaga ko'ra vaqtinchalik xarakterga edi. Davlatning rejalashtirgan tadbirlarini amalga oshirib bo'lganidan keyin ushbu jamg'armalar o'z faoliyatini to'xtatar edi. Shu bilan bog'liq ravishda jamg'armalar soni doimiy o'zgarib turar edi. Markazlashgan davlatning barqarorlashishi bilan birgalikda maxsus jamg'armalarni muvofiqlashtirish davri boshlandi. Turli jamg'armalarni birlashtirilishi asosida davlat byudeti tuzildi. Bugungi kunda byudjet bilan bir qatorda byudjetdan tashqari jamg'armalarning ahamiyati ortib bormoqda. Byudjetdan tashqari jamg'armalarga badallarni to'lovchi sifatida yuridik va jismoniy shaxslar (tadbirkorlar)-ijtimoiy kafolatlarning iste'molchilari hisoblanar ekan, to'lovlar va jamg'armalar pul mablag'larining taqsimlanishi mamlakatning barcha fuqarolariga ta'luqli bo'ladi va shuning uchun ham byudjetdan tashqari jamg'armalar samarali faoliyat ko'rsatishida ularning qiziqishlari kuzatiladi.
Shunday qilib, davlat maqsadli jamg'armalari - davlat organlari tomonidan milliy daromadni aholining ma'lum ijtimoiy guruhlari foydasiga qayta taqsimlashning bir usulidir.
Byudjetdan tashqari jamg'armalar ikkita asosiy vazifani bajaradi:
• iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo'shimcha mablag'lar bilan ta'minlash;
• aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish.
Byudjetdan tashqari jamg'armalar moliya tizimining bir bo’g'ini bo'lishi bilan birgalikda bir necha xususiyatlarni o'zida kasb ettiradi:
• hukumat va boshqaruv organlari tomonidan rejalashtiriladi hamda qat'iy maqsadli yo'naltirilgan bo'ladi;
• jamg'armalar mablag'laridan byudetga kiritilmagan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi;
• asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari asosida shakllantiriladi;
• jamg'armalarga sug'urta badallari va ularni to'lashda yuzaga keladigan o'zaro aloqalar soliqli xarakterga ega, badallar tarifi davlat tomonidan belgilanadi va majburiy hisoblanadi;
• jamg'armalar pul mablag'lari davlat qaramog'ida bo'lib, ular byudetlar, shuningdek boshqa jamg'armalar tarkibiga kirmaydi hamda qonun xujjatlarida e'tirof etilmagan maqsadlarda ishlatilmaydi;
Jamg'armalar mablag'laridan foydalanish ko'rsatmaga asosan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |