*Eslatma: Talaba institutdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan masofaviy muloqot qilgan holda,har shanba kuni o‘rgangan bilim, ko‘nikma, malaka va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, tanishuv amaliyotito‘grisidaamaliyotdaftaridaxulosalaryozadi.
Moliya bo'limini funksiyasi va vazifalarini bilan va shu bilan birgalikda tashkiliy tuzilmasini ham o'rganib chiqdim.
Moliyabo’liminingfunksiyalari
Moliya bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ko‘rsatmalariga binoan xo‘jaliklarning moliyaviy – byudjet rejasi hamda moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlashini metodik ravishda bajaradi: moddiy va pul mablag‘larining safarbar qilinishini aniqlash, iqtisod rejasini ta’minlash maqsadida tuman maxalliy xo‘jaliklari sohalarining iqtisodiy va moliyaviy ahvolini o‘rganadi.
Shuningdek, tuman hokimligi, belgilagani bo‘yicha kelasi yil tuman byudjeti loyixasining tuzish ishlarini tashkil qiladi,tuman byudjetining daromad va xarajatlari to‘g‘risida takliflar kiritadi, o‘zi moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlaydigan tuman Xokimligi bo‘lim va boshqarmalarning maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va tuman byudjetidagi boshqa tadbirlar uchun belgilangan mablag‘larning jamlangan smeta loyixasini hamda tuman Hokimi Mahkamasi, shuningdek uning bo‘lim va boshqarmalarining mablag‘ bilan ta’minlovchi xarajatlar smetasini ko‘rib chiqadi.
Moliya bo‘limi tuman byudjetining ijrosini tashkil qiladi, byudjetining daromad va xarajat qismlarini bo‘linmalarga bo‘ladi, tuman byudjetining ijrosini bajaradi, tuman byudjetining daromad qismi uchun nazarda tutilgan mablag‘ tushishini ta’minlashini, byudjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishining iqtisodchi va ishlab chiqarish hamda moliyaviy rejalar bajarilishi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi, byudjetining ijrosi masalalari bo‘yicha takliflarni tuman Hokimligiga olib chiqadi. Tuman Hokimi Mahkamasining boshqarma va bo‘limlari smeta xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi, tuman byudjeti ijrosi bo‘yicha hisobot tuzadi hamda viloyat Moliya boshqarmasiga taqdim etadi.
Tuman Hokimi Mahkamasi bo‘limlari va boshqarmalarining hisob-kitob hisobotlari hamda mezonlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek byudjet hisobidan moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlanadigan tuman tasarrufidagi ayrim tashkilotlar va korxonalarning hisob-kitob xisobotlari va mezonlarini ko‘rib chiqadi hamda byudjetdan ajratilgan moliyaviy mablag‘lar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar bajarilishini tekshiradi, tuman Hokimi Mahkamasi bo‘limlari moliyaviy xo‘jalik faoliyatlarida aniqlangan kamchiliklarni bartiraf etish talablarini qo‘yadi, zarur hollarda tuman Hokimi boshqarma va bo‘limlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlari yuzasidan tuman Hokimiga axborot beradi, noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi, mablag‘larni samarali sarflanishi yuzasidan takliflar kiritadi.