Jizzax shahar moliya organi rahbari
(nasl nomasi va ismi) (imzo)
(muhr o‘rni)
5-mavzu. Moliya bo’limining obodonlashtirish, kommunal va yo’l xo’jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho’basining funksiya va vazifalari
Obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basi faoliyati tavsifi
|
№
|
Shtat birligi nomi
|
Xizmat ko’rsatuvchi byudjet tashkilotlar soni
|
Jami shtatlar soni
|
1
|
Obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta'minlash sektori bosh iqtisodchisi
|
Obodonlashtirish boshqarmalari
|
1
|
2
|
Obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta'minlash sektori mutaxasisi
|
Obodonlashtirish boshqarmalari
|
1
|
3
|
Obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta'minlash sektori mutaxasisi
|
Obodonlashtirish boshqarmalari
|
1
|
Yo'l xo'jaligi sohasining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yuksak ahamiyatga ega ekani uning muhim xususiyati hisoblanadi. Iqtisodiyotning umumiy rivoji, aholi barcha qatlamlarining hayot sifati ayni shu tizimning samarali faoliyat ko'rsatishiga bog'liq.
Shuning uchun ham bu sohada viloyatlar va tumanlarning ma'muriy markazlarini bog'lovchi keng tarmoqli transport aloqalari hamda davlatlararo xavfsiz transport tashuvlarini ta'minlashga qaratilgan yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha katta miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Vaholangki, bu ishlarni amalga oshirishda har bir hududning mahalliy iqtisodiyot va moliya bo’limi beqiyos o’rin tutgan.
Ayni vaqtda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini boshqarish tizimi, avtomobil yo'llarini saqlash, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga yo'naltirilayotgan mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ana shu yo'llarning bugungi kundagi holati bilan bog'liq bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda.
Mamlakatimizda avtomobil yo'llari tarmog'i bo'yicha yuzaga kelgan haqiqiy holat va rivojlanish darajasi yo'l xo'jaligining barcha yo'nalishlariga doir aniq va samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishni, avtomobil yo'llarini boshqarishda hamda iqtisodiyot va aholi ehtiyojlariga muvofiq respublikamizda yo'l tarmog'i holatini sifat jihatidan o'zgartirishga qaratilgan qo'shimcha choralar qabul qilishni taqozo etmoqda.
Avtomobil yo'llarini boshqarish bo'yicha maxsus vakolatlarga ega bo'lgan davlat organi sifatida Davlat qo'mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- avtomobil yo'llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish;
- avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;
- avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish;
- zamonaviy transport oqimi sharoitida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;
- xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ulardan transportda foydalanish darajasi yuqori bo'lishini ta'minlash;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;
- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sifat standartlariga rioya etilishini ta'minlash;
- avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish.
O’zbekiston shaharlari va aholi yashaydigan manzillariga xos bo’lgan yuqori temperaturali issiq iqlim sharoiti va yoz faslining cho’ziqli davri chiqindilarni chirishiga imkon yaratadi, hududlarni ifloslantiradi. Har yili aholi yashaydigan manzillar hududlarini sanitar tozalashga katta moliyaviy mablag’ ajratiladi. Shu bois, yangi texnologiyalarga tayanib, kam miqdorda sarf-xarajatlar bilan rejalangan ish bajarilsa, asosiy maqsadga erishilgan bo’ladi.
Oxirgi yillarda respublika shaharlari amaliyotida o’zini oqlagan “sanitar tozalash bosh sxemasi” bozor iqtisodiyoti talablariga munosib takomillashtirildi. Ushbu sxemaga binoan rejalashtirilgan ishlar joylarda o’z samarasini ko’rsatmoqda.
Har bir hududning mahalliy iqtisodiyot va moliya bo’limi obodonlashtirish ishlarini moliyaviy tahlil qiqlish va ularga mablag’larni samarali ajratishda muhim rol o’ynaydi.
Shaharlarni obodonlashtirish – bu shaharlar va barcha katta-kichik manzillar hududida aholining turmushiga sog’lom, qulay va madaniy sharoit yaratib byeradigan amaliy ish va tadbirlar yig’indisidir.
Aholi yashaydigan manzillarni obodonlashtirish tizimi shaharsozlik tushunchasini birlashtiradigan masalalarni qisman qamraydi va shaharlar hududlarida muhandislik qurilmalari darajasini baholaydi, shuningdek, ularning havo va suv havzalari hamda tuproqning sanitar-gigienik holatini aniqlaydi.
Aholi yashaydigan manzillarni obodonlashtirish – hududlarni muhandislik tayyorlash, yo’l va ko’priklar qurish, shahar transportini rivojlantirish, mehmonxonalar va boshqa muhandislik inshootlari, jumladan gidrotexnika inshootlarini qurish, kommunal tarmoqlarni (vodoprovod, kanalizatsiya, elektr ta’minoti va h.k.) yotqizish, ko’kalamzorlashtirish, sug’orish, yoritish va tasviriy san’at kabi tadbirlarni qo’llash, mikroiqlimni yaxshilash, havo havzasi, ochiq hovuzlar va tuproq hududlarni sanitar tozalash, shahar shovqini darajasini pasaytirish, ko’cha jarohatlarini kamaytirish va boshqalarni o’z tarkibiga oladi.
Bulardan bo’lak obodonlashtirishda kommunal-maishiy (hammomlar, kir yuvish, xizmat ko’rsatish kombinatlari) va madaniy-oqartuv (kino va teatrlar, sport majmualari, muzeylar, kutubxonalar) tizimidagi hokazo tashkilotlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |