Moliya bo’limining vazifalari
Moliya bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Moliya bo‘limi ijtimoiy ishlab chiqarishning samarasini oshirish maqsadida moliyaviy mablag‘larni ishlatishni ta’minlaydi.
- Iqtisodiyot taraqqiyoti hamda aholi hayoti miqiyosining moddiy va madaniy o‘stirish bo‘yicha tadbirlarni tasdiqlangan reja asosida mablag‘ bilan ta’minlashga moliyaviy mablag‘ yo‘llaydi.
- Tuman byudjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag‘larni tejamli hamda maqsadli ishlatadi.
- Tuman hududidagi birlashmalar, korxona va tashkilotlar byudjet oldida moliyaviy majburiyatlari hamda davlat moliyaviy intizomiga rioya qilishini taminlaydi.
- Iqtisodiyot hamda ijtimoiy-madaniy sohalarni moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlaydi, tumanning tijorat, ijtimoiy va ishlab-chiqarish taraqqiyoti uchun moliyaviy baza yaratadi.
- Muassasalar, korxona va tashkilotlar davlat moliya intizomiga rioya qilishlarini hamda moliyaviy mablag‘larining iqtisodiy xarajatlari to‘g‘riligini tahlil qiladi.
- Tuman Hokimligi boshqarma va bo‘limlari, markazlashtirilgan muxosabalari ishida hisob-kitob va hisobotlar ahvolini tahlil qiladi.
- O‘zining vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan fuqarolarning shikoyatlari, taklif va xatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqadi, fuqarolar xabar bergan kamchiliklarini yo‘qotish uchun tadbirlar ishlab chiqadi.
- Tuman Hokimi Mahkamasining bo‘lim va boshqarmalari, muassasalar, korxona va tashkilotlarning ma’sul xodimlari bilan moliyaviy masalalar yuzasidan majlislar o‘tkazadi.
- Aholining ijtimoiy muhofazasini hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘ manbaalarni aniqlaydi va ta’minlaydi.
- Davlat boshqaruv idoralarining tashkiliy tartibini yaxshilashga hamda ular uchun mo‘ljallangan xarajatlari kamaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi.
Bo`limning tashkiliy tuzilishi quyidagilardan iborat:
Moliya bo’imi mudiri; Mudirning birinchi o’rinbosari – bo’lim boshlig’i; Davlat maqsadli dasturi monitoring masalalari bo’yicha mudir o’rinbosari – sho’ba mudiri; Budjetni ijro etish hisobi va hisoboti sho’basi; Mahalliy byudjetni shakllantirish va byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo’limi; Kommunal va yo’l xo’jaligini rivojlantirish, obodonlashtirish va narxlarni belgilash chora-tadbirlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash sho’basi; Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo’yicha inspector; Budjetning daromad bazasini mustahkamlash va subvensiyaviylikni kamaytirish bo’yicha bosh iqtisodchi hamda Yuriskonsult kabi bo’limlardan iborat ekan. Moliya bo’limi mudiri O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarini ijrosini ta’minlash maqsadida o’zi rahbarlik qilayotgan davlat muassasasining bo’limlariga o’zlarining faoliyatiga doir vazifa va ko’rsatmalar berishini menga ajratilgan amaliyot davrimda qisman kuzatib bordim.
Dostları ilə paylaş: |