Moliya-kredit


Shu bilan birga, bank tomonidan bank kartasiga mablag‘larni o‘tkazish orqali beriladigan mikroqarzning asosiy xususiyatlari quyidagicha



Yüklə 327,5 Kb.
səhifə3/6
tarix03.05.2023
ölçüsü327,5 Kb.
#106845
1   2   3   4   5   6
MIKROQARZLAR VA UNING AHAMIYATI

Shu bilan birga, bank tomonidan bank kartasiga mablag‘larni o‘tkazish orqali beriladigan mikroqarzning asosiy xususiyatlari quyidagicha:

  • har bir kishi uchun uning o‘rtacha oylik daromadi, kredit tarixi, va boshqa omillar asosida alohida hisoblanib bank tomonidan belgilangan limit doirasida taqdim etiladi;

  • foizlar ruxsat etilgan limit emas, faqat haqiqatda ishlatilgan mablag‘lar bo‘yicha hisoblanadi;

  • qarzning o‘z vaqtida qaytarilishi kredit xizmatini qayta tiklash imkonini beradi.

Shu bilan birga, mikroqarzning limiti debet kartasi uchun overdraft shaklida ochilishi mumkin, bu uning egasiga o‘z va qarz mablag‘larini ishlatish imkonini beradi, ya’ni kartada mavjud bo‘lgan mablag‘lardan oshadigan summa hamda qarz oluvchining o‘z mablag‘larini akkumulyatsiyalash (to‘plash)ni o‘z ichiga olmaydigan kredit kartalari uchun ham ochilishi mumkin. Shu bilan birga, overdraft banklar tomonidan chiqarilgan debet kartalariga asosan ish haqini to‘lash yoki pensiyani o‘tkazib berish uchun beriladi.
Debet kartasiga mablag‘larni o‘tkazish yo‘li bilan berilgan mikroqarzning so‘ndirilishi avtomatik (bank qarz summasini mablag‘lar karta hisobiga tushganda yechib oladi) tarzda sodir bo‘ladi. Kredit kartasi berilganda, qarz oluvchi kreditni so‘ndirishi uchun hisobga kredit shartnomasida belgilangan to‘lov miqdorini o‘z vaqtida kiritishi shart.

2 .Mikroqarzni qanday olish mumkin?


Birinchidan, Siz uchun qulay shartlarda mikroqarzni taqdim etishga qodir bank yoki mikrokredit tashkilotini tanlash kerak. Mikroqarz berish shartlari haqida ma’lumot bilan banklar va mikrokredit tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari (agar ular mavjud bo‘lsa) va/yoki ularning ofislariga tashrif buyurish orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Mikroqarz olish uchun Siz murojaat qilmoqchi bo‘lgan tashkilotni tanlab, bank yoki mikrokredit tashkilotiga quyidagilarni taqdim etishingiz kerak:

  • mikroqarz olish uchun ariza;

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet);

  • faoliyat va daromad haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar.


Yüklə 327,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin