Moliya, pul va kredit


Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati



Yüklə 421,11 Kb.
səhifə2/5
tarix17.03.2023
ölçüsü421,11 Kb.
#88557
1   2   3   4   5
O

Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati
Davlat va korxonalar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham mavjud bo’lib, ular byudjet munosabatlari deb ataladi. Ushbu munosabatlar obyektiv xususiyatga ega bo’lib, davlatning milliy daromadning bir qismiga egalik qilishi zarurligini, ushbu mablag’larning kelgusida ijtimoiy tadbirlar, takror ishlab chiqarishni kengaytirish, davlatni boshqarish va davlat hamda milliy xavfsizlikni ta’minlashga yo’naltiradi.Byudjetning hajmi har bir mamlakatning milliy daromadiga, uning oldiga qo’yilgan ijtimoiy maqsad va vazifalarga bog’liq bo’ladi.1
Davlat byudjeti —davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun mo’ljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh bo’g’ini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — o’lka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga bo’linadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bog’liq bo’ladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish va b.) ko’rsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, soliqdan tashqari yig’imlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablag’lardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bog’liq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamomadi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi milliy mahsulotning 3—3,5 % ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining g’oyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin bo’lmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat byudjetilari va davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yig’indisi davlatning yig’ma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini hukumat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini hisoblanib, u davlatning asosiy daromadlari va xarajatlarini birlashtiradi va o’zida soliq, davlat krediti va davlat xarajatlari yaxlitligini o’zida mujassamlashtiradi. Davlat byudjeti asosini davlat boshqaruv apparati, qurolli kuchlar, sog’liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy sohalar xarajatlarini moliyalashtirishga mo’ljallangan hukumatning markazlashgan pul mablag’lari jamg’armasi tashkil qiladi.2 Mamlakat hududida amalda bo’lgan va ijtimoiy munosabatlar va huquqiy me’yorlarga asoslangan barcha turdagi byudjetlar to’plamiga byudjet tizimi deyiladi. Byudjet tizimining tashkil etilishi va tuzilishi tamoyillariga (yaxlitligi, to’laliligi, haqqoniyligi, oshkoraligi, mustaqilligi)ga byudjet tuzilmasi deb aytiladi.3
Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab bo’ladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yig’iladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi ko’payadi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga muvofiq, “O’zbekiston Davlat byudjeti o’z ichiga respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi”.Davlat byudjetining asosiy funksiyalari quyidagilar:
 YaIM va MD ni qayta taqsimlash;
 iqtisodni davlat tomonidan (boshqarish) tartibga solish;
 ijtimoiy siyosatni moliyalashtirish;
 markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish va uni ishlatilishini nazorat qilish.Bugungi kunda davlat byudjeti YaIMni qayta taqsimlashda muhim ahamiyatga ega. Rivojlangan mamlakatlarda davlat odatda, YaIMning 20 dan 50 foizigacha qismini soliqlar va boshqa davlat daromadlari va to’lovlari shaklida davlat byudjetiga safarbar etib davlat xarajatlari orqali iqtisodiyotni va investisiyalarni tartibga soladi va rag’batlantiradi, ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga yo’naltiradi.O’zbekiston Respublikasi byudjet qurilmasi ham byudjet tizimining yagonaligi, to’laligi, haqqoniyligi, oshkoraliligi va unga kiruvchi ma’muriy-hududiy byudjetlarning mustaqilligi tamoyillariga asoslanadi. Mamlakat byudjet tizimiga uning mustaqil bo’laklari sifatida Respublika va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari kiradi. O’zbekiston Respublikasi jamlangan byudjetiga Davlat maqsadli jamg’armalari ham kiritiladi. Mamlakatimizda 5 ta davlat jamg’armalari mavjud bo’lib ularga:
 Moliya vazirligi hududidagi Respublika yo’l jamg’armasi;

  • Pensiya jarg’armasi;

 Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jarg’armasi;
Davlat mulk qo’mitasining maxsus hisob varaqasi;
 Maktab ta’limi jamg’armalari kiradi.
Respublika byudjeti Oliy Majlis tomonidan tasdiqlansa, mahalliy bdyujetlarni mahalliy hokimiyat Kengashlari tasdiqlaydilar. Tasdiqlangan va qonun kuchiga kirgan Davlat byudjeti hukumat tomonidan belgilangan muddatlarda va miqdorlarda amalga oshirilishi shart hisoblanadi.



Yüklə 421,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin