4. Davlat byudjeti tushunchasi va uning tuzulishi.
Davlat byudjeti
- (ingl. sumka, xalta) - davlat harajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir.
Munitsipal byudjetlar
Mahalliy tuman, shahar va viloyatlar byudjeti hisoblanib, ular daromadlari qo‘yidagi mablag’lardan hosil bo‘ladi.
Mahalliy xokimiyat tasarrufidagi korxonalar foydasidan ajratilgan mablag’lar;
Soliqlardan;
jismoniy shaxslarning mulkidan olingan soliqlardan;
kurort zonasi yig’imlaridan;
ishlab chikarish ob’ektlarni qurish uchun olinadigan soliqdan;
reklama solig’i;
savdo huquqi yigimi va boshqalardan.
Davlat daromadi quyidagi asosiy shakllarga ega: * soliqlar (fukarolarning daromad solig’i, korxonalarning foydasidan soliq, sotsial sug’urta solig’i, mulkka soliq, yerga soliq, aksiz solig’i, qo‘shilgan qiymat solig’i, bojxona boji va h.; * soliqdan tashqari to‘lovlar;
* davlat korxonalaridan tushgan pul;
* davlatga tegadigan dividend;
* davlat mulkini sotishdan kelgan pul tushumi;
* davlatga qaytarilgan qarz;
* davlat qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushadigan daromad;
* pul emissiyasi.
Davlat zayomlari
- qarz hisobiga shakllanadi. U korxona, tashkilotlar va fuqarolardan qarz olish hisobiga byudjet kamomadini qoplash maqsadida qo‘llaniladi. Ular muhlati tagagach davlat tomonidan sotib olinadi. Davlat zayom yuzasidan foiz to‘laydi.
Pul emissiyasi
- qo‘shimcha pullar chiqarish, ya’ni o‘z harajatdarini qoplay olmaganda qo‘llash mumkin bo‘lgan vosita hisoblanadi.
Davlatbyudjeti
harajatlari
Investitsiya, subsidiya, dotatsiya, subvensiya
Ijtimoiy-madaniy
Boshqaruv harajatlar
Harbiy harajatlar
Tashqi iqtisodiy harajatlar
Subsidiya
- davlatning korxona, tashkilotlarga yordami, qo‘llab-quvvatlashi. soliqlar va to‘lovlardan imtiyoz berishi.
Dotatsiya
- bu byudjetdan va byudjetdan tashqari fondlardan qaytarilmaydigan tartibda korxonalarning va tashkilotlarning zararlarini qoplash, shuningdek, mahalliy byudjet mutanosibligini ta’minlash uchun ajratiladigan pul mablag’laridir.
Subvensiya
- davlatning moliyaviy yordam shakli bo‘lib, u mahalliy hokimiyat organlariga davlat ma’qullagan iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy dasturlar uchun ajratiladi.
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo‘lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o‘sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi:
1. Aholi sonining o‘sishi;
2. Kishilar turmush darajasining ortishi;
3. Atrof-muhitning ifloslanishi;
4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish (ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, ijtimoiy ta’minot, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy-joy qurilishi).
Davlat tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilishga jahonda birinchi marta Germaniyada asos solindi. U Germaniya kansleri Otto Bismark tomonidan amalga oshirildi. U 1883-1886 yillarda reyxstag orqali aholini sotsial himoya qilish bo‘yicha 3ta qonun qabul qilinishiga erishadi.
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligining ta’minlash harajatlari hajmining o‘sishi.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi eng avvalo davlat, uning turli mintaqa va hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari, ishlab chiqarish birliklari, aholi turli qatlamlari o’rtasidagi pul mablag’lari oqimining samarali tashkil etilishiga bog’liq bo’ladi. Bunday pul oqimlari jamiyat rеal hayoti jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar va yuridik shaxslar o’rtasida o’zaro iqtisodiy munosabat va aloqalarni o’rnatadi. Davlat korxona va tashkilotlar, turli moliyaviy muassasalar, aholi bilan olib boriladigan o’zining barcha vazifalarini aynan moliya mеxanizmi orqali amalga oshiradi. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o’sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshishini rag’batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi.
Moliya – iqtisodiy katеgoriya sifatida pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimidir. Uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga kеltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya pul bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, uning moddiy asosini pul tashkil qiladi, lеkin u pul emas yoki pul bilan bir xil narsa tushuncha emas. Bundan ko’rinadiki, iqtisodiyotning samarali va barqaror ravishda amal qilishi, yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida davlat ko’plab boshqa iqtisodiy sub’еktlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Moliyaviy munosabatlar – davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o’rtasida pul mablag’lari fondlarining harakati bilan bog’liq holda vujudga kеluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.
Moliyaviy munosabatlarning ob’еktlari va sub’еktlari farqlanadi. Moliyaviy munosabatlarning ob’еktlari bo’lib iqtisodiyotning turli darajalarida tarkib topuvchi va harakat qiluvchi pul mablag’lari fondlari hisoblanadi. Moliyaviy munosabatlar sub’еktlari tarkiban murakkab bo’lib, ularga barcha tashkilotlar, korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar, fuqarolar kiradi. Ular orasida doimo moliyaviy munosabatlar bo’lib turadi. Bu munosabatlarning asosiylari sifatida quyidagi munosabatlarni ko’rsatish mumkin:
- davlatlararo moliyaviy munosabatlar;
- davlat va turli xalqaro tashkilotlar, xorijiy firma va korxonalar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- boshqaruvning turli darajalaridagi davlat organlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- davlat va korxonalar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- davlat va jamoat tashkilotlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- davlat va aholi o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- korxonalararo moliyaviy munosabatlar;
- korxonalar va banklar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- korxona ichidagi xo’jalik aloqalariga xizmat qiluvchi moliyaviy munosabatlar va boshqalar.
Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) iqtisodiy jarayonlarni, loyihalar va tadbirlarni pul rеsurslari bilan ta’minlash va unga xizmat ko’rsatish vazifasi;
2) taqsimlash vazifasi;
3) rag’batlantirish vazifasi;
4) nazorat qilish vazifasi.
Jamiyat miqyosidagi iqtisodiy faoliyat turli jarayon va tadbirlarning, jumladan, mamlakatni boshqarish, mudofaa qobiliyatini ta’minlash, huquq-tartibot ishlarini yo’lga qo’yish, sog’liqni saqlash, madaniy-ma’rifiy ishlar va boshqalarning amalga oshirilishini taqozo etadi. Buning uchun eng avvalo ularni moliyaviy rеsurslar bilan ta’minlash kеrak bo’ladi. Shunga ko’ra, moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi.
Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi.
Moliyaning rag’batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mеxanizmi orqali amalga oshiriladi.
Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va istе’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag’ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.