Moliya tizimi va moliyaviy siyosat



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə9/9
tarix14.04.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#97831
1   2   3   4   5   6   7   8   9
iqtisod

Qimmatli qog’ozlar. Qimmatli qog’ozlar moliyaviy bozorda savdo predmeti bo’lib hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar me’yoriy huquqiy talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan, hujjat bo’lib, uning egasiga (yoki sohibiga) muayyan mulkiy huquqlarni ta’minlaydi va shu bilan birga qiymatga ega bo’ladi. Qimmatli qog’ozlar ko’rinishida bugungi qiymatni kelajak qiymatga almashish to’g’risidagi, bitimlar rasmiylashtiriladi yoki qimmatli qog’ozlarni sotib olish, pulni kelajak xarid qobiliyatiga almashtirilishdir. Har qanday bitimda bo’lgani singari bu erda ikki tomon ishtirok etadi; emmitent, qimmatli qog’ozni chiqaruvchi va pulga qimmatli qog’oz bilan bog’liq mulkiy huquqni oluvchi investor ishtirok etadi.
Qimmatli qog’ozning ajralib turuvchi asosiy xususiyati ularni qayta sotish, ya’ni mulkiy huquqlarni birovdan boshqasiga o’tishi hisoblanadi.
Moliya bozorining yuqorida keltirilgan belgisi amaliy jihatdan aniq emas.
Chunki, erkin oldi-sotdi predmeti bo’lishi mumkin bo’lgan qimmatli qog’ozlar ko’rinishida bugungi qiymatni kelajak qiymatga almashtirish haqida hamisha bitimlar ham rasmiylashtirilavermaydi. Shuning uchun qoida sifatida kredit bozori va qimmatli qog’ozlar bozorini farq qilinadi.
Kredit ham bugungi qiymatni kelajak qiymatga almashtirish haqidagi bitimlarni ifoda etadi, ammo zayom beruvchining kreditor oldidagi majburiyati erkin oldi-sotdi predmeti bo’la olmaydi.
Qisqa muddatli majburiyatlar (bir necha kundan bir necha oygacha muddatda) yuqori likvidlikka ega bo’lib xissasi bo’yicha pulga yaqin bo’ladi. Qisqa muddatli moliyaviy qurollar bozori (qimmatli qog’ozlar yoki kredit kelishuvlari) qoida sifatida pul bozori tugunchasini birlashtiradi. Pul bozoridan farqli ravishda, kapital bozori mulkiy huquqlarni qamrab oladi, ularni sotish esa nisbatan uzoq vaqt mobaynida amalga oshadi.
Iqtisodiy nazariyada “qimmatli qog’ozlar toifasiga moliyaviy qurollarning hamma turlari kiritiladi, faqat bir mulkdordan boshqasiga o’tishi mumkin bo’lganlari va erkin oldi-sotti qilinmaydiganlari farq qilinadi”.
Zayom olish usullari. Zayom olish usullari oldi-berdi munosabatlarini rasmiylashtiradi va qimmatli qog’oz emmitenti uning egasiga (kreditlarga) belgilangan pul summasini qo’llashni ifoda qiladi. Belgilangan daromad beradigan qimmatli qog’ozlarning asosiy turlariga veksellar, jamg’arma sertifikatlari va obligatsiyalar kiradi.
Veksellar. Veksel me’yoriy talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlarni ifoda qiladi, unga muvofiq bir tomon boshqasiga muayyan pul summasini to’lash majburiyatini oladi.
Oddiy va o’tkazuvchi veksellarni farqlanadi. Oddiy veksel beruvchini veksel saqlovchiga belgilangan pul summasini to’lash to’g’risidagi majburiyatidir. O’tkazuvchi veksel beruvchini to’lovchiga, belgilangan summasini uchinchi shaxsga to’lashi kerakligi to’g’risidagi ko’rsatmani beradi.
Obligatsiyalar. Obligatsiyalar zayom oluvchilarni (emmitentini)va kreditlar (investorni) munosabatlarini rasmiylashtiruvchi qimmatli qog’oz bo’lib, emmitentni belgilab pul summasini kelishilgan vaqtda to’lash shartini ifoda qiladi. Obligatsiyalar bo’yicha to’lov asosiy qog’oz summasidan va foizdan iborat bo’lib, zayom mablag’larini foydalanganligi uchun taqdirlashdir. Obligatsiya erkin sotilishi va sotib olinishi mumkin, uning uchun etarli darajada rivojlangan bozor bo’lishi lozim.
Jamg’arma sertifikatlari. Jamg’arma sertifikatlari (yoki depozitlar) o’zining mazmuniga ko’ra obligatsiyalaridan uncha farq qilmaydi. Jamg’arma sertifikati bank tomonidan chiqariladigan va uni egasiga oldindan shartlashilgan vaqtda belgilangan summani olish huquqini beruvchi qimmatli qog’ozdir. Jamg’arma sertifikatlarini oddiy muddatli depozitdan afzaligi shundaki, uni uchinchi shaxsga qayta sotish imkoniyatini beradi, yohud, agar chiqarish shartlarida eslatilgan bo’lsa, muddatdan oldin emmitent-bankka sotilishi mumkin.
Mulkiy huquqlar. Firma kapitallarini moliyalashtirishning ikkita asosiy usuli mavjud: qarz majburiyatlarni chiqarish va firma egalarini o’z mablag’laridan foydalanishi. Agar firmani barpo qilish uchun ko’pchilik mulkdorlarni mablag’lari foydalaniladigan bo’lsa, unday korxonani korporatsiya deb ataladi. Tashkil qilishning korporativ shakli yakka kishi mulkdor bo’lgan tadbirkorlik firmasiga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, ko’pchilik iqtisodiy agentlar mablag’larini birlashtirish katta miqyosida ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Ikkinchidan, korporativ shakl ishtirokchilarni korporatsiya barpo qilishga sarflangan mablag’i miqdorida ma’suliyatlarni cheklaydi va nihoyat korporativ shakl investitsiyalarning likvidligini ta’minlash qobiliyatiga ega, chunki ishtirokchilar ham o’z ulushlarini sotishlari mumkin.
Biznesning korporativ tashkil qilishni bir qancha shakllari mavjud. Ulardan asosiylari–ma’suliyati cheklangan jamiyat va aktsionerlik jamiyati. Ma’suliyati cheklangan jamiyat bir qancha ishtirokchilar mulki asosida tashkil qilinadi. Firmani kapitalining umumiy miqdori ularning ulushlari, badallari miqdoriga qarab belgilanadi.
Barcha ishtirokchilarning badallari summasi firmaning ustav fondini tashkil qiladi. Ma’suliyati cheklangan jamiyatning farqli hususiyati shundan iboratki, ishtirokchi o’zining ulushini boshqa ishtirokchilarni roziligi bilan uchinchi shaxsga sotishi mumkin.
Aktsioner jamiyatning ustav fondi teng ulushda belgilangan miqdorda bo’ladi va aktsiya deb ataladi.
Oddiy aktsiyalar. Oddiy aktsiyalar korporatsiya mulkining bir qismiga egalik qilishi va firma foydasining bir qismini olish huquqi bilan birga, korporatsiyani boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi. Aktsioner jamiyatini boshqarishning oliy idorasi aktsionerlar majlisi hisoblanib, qarorlar ularning ovoz berishi orqali qabul qilinadi, albatta har bir aktsioner ularda mavjud bo’lgan aktsiyalar soniga muvofiq ravishda ovozga ega bo’ladi.
Aktsionerlar soni ko’p bo’lgan aktsionerlik jamiyatlarida odatda aktsiya egalari firmani va korxonani boshqarishda bevosita ishtirok etmaydilar, balki uning uchun ijroiya idorani direktor (direktorlar) kengashini tashkil qiladilar. Aktsionerlarga to’lanadigan daromadni, korxonani foyda huquqlari miqdorlari haqida qarorni aktsionerlar majlisi qabul qiladi.
Dividend deb ataluvchi daromad aktsionerlarga ularning qo’lidagi aktsiyalar soniga muvofiq to’lanadi.
Chatishgan usullar. Qimmatli qog’ozlarning bir qancha turlari mavjud bo’lib, ular zayom va egalik huquqlari usullarining xususiyatlarini birlashtiradi. Ular imtiyozli aktsiyalar va konvertlanadigan (almashadigan) obligatsiyalar.
Imtiyozli aktsiyalar. Imtiyozli aktsiyalar, oddiy aktsiyalar singari firmaning, korxonaning kapitalini bir qismiga egalik qilish huquqini beradi, ammo uning egasi boshqaruvda ishtirok etish huquqini bermaydi. Imtiyozli aktsiya egalari dividend shaklida foydaning bir qismini birinchi navbatda olish huquqiga ega bo’ladilar va u dividentlarning eng kam miqdori oldindan e’lon qilinishi mumkin. Pirovard holatda imtiyozli aktsiya o’z xususiyati bo’yicha muomala muddati belgilanmagan obligatsiyalarga yaqin turadi.
Almashadigan (konvertrlanadigan) aktsiyalar. Almashadigan obligatsiyalar-uni egalariga ushbu korporatsiyaviy aktsiyalarni olish huquqini ta’minlovchi korporativ obligatsiyalarning alohida turidir. Almashadigan obligatsiyalarning ushbu xususiyati unga qarz olish quroli emas, balki mulk quroli belgisini beradi, obligatsiyalarni aktsiyalarga almashtirish shartlari bilan belgilanadi.
Qimmatli qog’ozlarni keltirib chiqaruvchilar. Qimmatli qog’ozlarni keltirib chiqaruvchilar sifatida asos deb aytiladigan ba’zi real yoki moliyaviy aktivlar bo’yicha tuziladigan kelishuvlar, huquqlar va majburiyatlar qabul qilingan.
Foizlar – odatda bajarish muddati uzaytirilgan oldi-sotdi bitishuvlari hisoblanadi. Keltirib chiqarilgan moliyaviy qurollarning mavjudligining asosiy sababi kelajakdagi noaniqlik, va ular avvalambor bozorda buyumni ko’zda tutilmagan tebranish bilan bog’liq tavakkal sug’urtalash uchun mo’ljalangan qimmatli qog’ozlarning asosiy turlari forvard (fyuchers) bitimlari va optsionlar hisoblanadi.
Forvard bitimlari. Forvard bitimlari kelgusi bitimda belgilangan oldindan kelishilgan narx bo’yicha ma’lum miqdordagi ba’zi asosiy aktivlarni sotish, boshqa tomon esa sotib olish majburiyatiga muvofiq tuzilgan kelishuvlardir. Haqiqatda forvard bitimlarga bajarish muddati bir oz uzaytirilgan har qanday kelishuvlar taalluqlidir. Masalan, xonadonni ijaraga olish yoki katalog bo’yicha mol (tovar) olish to’g’risidagi kelishuvlarni forvard bitimi deb hisoblash mumkin. Valyuta olish (sotish) real aktivlar (qishloq xo’jaligi va xom ashyo, mollar), qimmatli qog’ozlar olishda forvard bitimlari keng tarqalgan. Forvard bitimlarining shartlari (etkazib berish muddati, miqdori, sifatiga talab, narxi va hokazolar) asosan tomonlarning kelishuvi orqali belgilanadi. Bunda asosiy kamchilik shundaki, birinchidan likvidlikning yo’qligi, ya’ni, bitim bo’yicha o’zining huquqini boshqa shaxsga sotish imkoniyati yo’qligi, kelishuv bo’yicha o’zlarining majburiyatlarini bajarmaslik xavfi mavjudligi. Bunday kamchiliklardan fyuchers bitimi holidir.
ega bo’ladi. Chunki, narx o’zgarishi xavfi sotuvchining ustiga tushadi, sotib oluvchi ushbu huquqni olganligi uchun taqdirlaydi, boshqacha ayganda mukofot to’laydi. Shunday qilib optsion sotib oluvchiga manfaatli bo’lganda bajariladi.
Xulosa
Moliyaviy institutlar turlari. Moliyaviy institutlarning moliyaviy vositachilarning asosiy turlari bo’lib banklar, sug’urta kompaniyalari, investitsiya fondlari va investitsiya kompaniyalari, pensiya fondlari hisoblanadi.
Banklar. Bank muassasalarining boshqa moliyaviy institutlaridan farqli tomoni, egasi talab qiladigan (hisob yoki chek raqamlari) depozitlarni ochish imkoniyatlari mavjudligi hisoblanadi. Depozit hisoblarini kreditlash imkoniyatlari bilan birgalikda olib borish banklarga haddan tashqari muhim xususiyatlar beradi: bank tizimi “pul barpo qiladi”, ya’ni, pul masalasini ko’paytirish qobiliyatiga ega bo’ladi. Hisoblarni va qisqa muddatli kreditlarni ta’minlash bo’yicha faoliyatdan tashqari, banklar jamg’arma muassasalari sifatida va qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya vositachilari sifatida ishtirok etishi mumkin.

1 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 30-b.

2 Қаранг: Мертенс. Инвестиции. Киев, 1997. 187 с.

Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin