Moliya tizimi va moliyaviy siyosat


Moliyaviy mablag’lar bozori



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə8/9
tarix14.04.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#97831
1   2   3   4   5   6   7   8   9
iqtisod

4.5. Moliyaviy mablag’lar bozori
Endi investitsiya faolligini rivojlantirishga sharoit yaratish moliyaviy mablag’lar bozorini ko’rib chiqamiz.
Zayom mablag’lari va foiz stavkalari. Zayom mablag’lari nazariyasi doirasida 2-guruh ishtirokchilarni-tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi firmalar (korxonalar) va uy xo’jaliklari mavjud bo’lgan kapital bozorining oddiy namunasini qaraydi. Firmalar kapitalni barpo qilish uchun zarur bo’ladigan zayom mablag’lariga talabni izhor qiladi. Uy xo’jaliklari joriy daromadning bir qismini tejash orqali, moliyaviy resurslarni shakllantiradi.
Zayom mablag’lari nazariyasiga kirish. Kapital bozori umuman moliyaviy bozor singari, iqtisodiy nazariyada zayom mablag’lari sifatida qaraladi. Baho sifatida zayom oluvchini kreditorga uning mablag’ini ma’lum vaqt mobaynida foydalangani uchun to’laydigan foiz namoyon bo’ladi.
Zayom mablag’lari nazariyasida kapital bozorini tahlil qilish uchun bozorning barcha ishtirokchilari o’zlarini maqbul tutadilar, ya’ni ular o’z foizlarini ko’paytirishga harakat qiladilar degan tushunchadan kelib chiqqan holda bozordagi talab, taklif va muvozanatni belgilovchi omillarni tadqiq qilishdan iborat bo’lgan bozorni tahlil qilish uslubiyatidan foydalanadi.
Talab deganda korxona va uy xo’jaliklarini turli baho darajasida-foiz stavkasiga qaramay jami mablag’ miqdorini qarzga olishga rozi bo’lgan holatni nazarda tutadi.
Taklif foiz stavkalarining har qanday darajasida investitsiyalarni qancha miqdorda mablag’ bera olishiga tayyor ekanligini ko’rsatadi. Iqtisodiy nazariyaning asosiy mazmunlaridan biri shuki, agarda bozor raqobatli bo’lsa, ishtirokchilarni birortasi bahoga ta’sir qilish imkoniyatiga ega bo’lmaganda, talab va taklif omillari bahoga talab miqdori taklif miqdoriga tenglashish darajasiga ta’sir qiladi. Ushbu miqdor va baho (foiz stavkasi) tenglashish deb ataladi.
Investitsiya talabi. Korxonalar tomonidan investitsiyaga bo’lgan talab yagona emas, ammo zayom mabalag’lariga bo’lgan talab pirovard talabning asosiy omili bo’lib hisoblanadi. Investitsiyaga bo’lgan talab nima bilan begilanadi? Har qanday firma kapital yaratar (yoki yangilar) ekan, uni muayyan manfaat ko’rish maqsadida qiladi. Iqtisodiy nazariyaning asosiy taxminlaridan biri(o’zini oqlagan va tabiiy) firmaning asosiy maqsadi foydani ko’paytirish hisoblanadi. Ushbu maqsadga ershish uchun firma turli ishlab chiqarish omillaridan shu jumladan, kapitaldan optimal nisbatda foydalanishga harakat qiladi. Yoki boshqacha, ishlab chiqarish omillarini nomaqbul nisbati investitsiyalashga turtki bo’lib, foydalanilayotgan kapitalning (yoki sifatini oshirish) miqdorini ko’paytirish bilan ko’pincha foyda olish imkoniyatini beradi. Ushbu foydani miqyosini investitsiyalar daromadliligi deb ataluvchi, investitsiya sarflaridan foiz ko’rinishida ifodalash mumkin.
Alohida firmaning eng yuqori samaradorlik chizig’i investitsiyalarning daromadliligini investitsiyalarning miqdoriga bog’liqligini ifoda qiladi. Investitsiyalar daromadliligi faoliyat turi, firma miqyosi va omillarga bog’liq ravishda turlicha bo’lishi mumkin. Ammo, umumiy qonuniyat mavjud ya’ni investitsiyalar miqdori ko’payishi bilan daromadlilik pasayadi. Misol, har qanday firma mablag’larni investitsiyalash bo’yicha, shu jumladan daromadliligini xilma-xil imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin. Foydani ko’paytirishga bo’lgan intilishlardan kelib chiqib, firma birinchi navbatda eng manfaatli loyihalarni amalga oshiradi. Lekin, yuqori daromad olish imkoniyatlari cheklangan va investitsiyalar miqdorini kengaytirishda kam manfaatli loyihalarni joriy qiladi. Investitsiyalar daromadliligining pasayishi qonuni-ishlab chiqarish omillarini yuqori unumdorligining pasayishi qonunini o’z ichiga oluvchi umumiy iqtisodiy qonun namoyon bo’lishi hisoblanadi.
Ushbu egri chiziq firmani investitsiya faoliyatidan manfaat olish bo’yicha imkoniyatlarini ta’riflash bilan uning investitsiya talabini ham belgilaydi. Firma qanday mablag’larni o’zinikimi yoki zayom mablag’larini foydalanishidan qat’iy nazar xarajat bo’lib hisoblanadi. Zayom mablag’laridan foydalanganlik uchun bozor foiz stavkasini bozorda to’lashi lozim. Agar korxona jalb qilingan mablag’lardan foydalansa, foiz bevosita xarajat shakliga, ya’ni mablag’lardan foydalanganlik uchun to’lov shakliga ega bo’ladi. Agarda o’zining mablag’lari ishlatilsa, foiz stavkasi alternativ xarajat bo’lib hisoblanadi, ya’ni investitsiya resurslarini boshqa bozor ishtirokchilari foydalanishi uchun taqdim qilinmagan qo’ldan chiqarilgan manfaat hisoblanadi.
Alohida firma investitsiyalarining eng yuqori samaradorlik egri chizig’i investitsiyalar daromadligini miqdoriga bog’liqligini ifodalaydi. Investitsiyalar daromadligi ishlab chiqarish omillarini eng yuqori unumdorligini kamayish qonunining ta’siri natijasida miqdor ko’payishi bilan pasayadi.2
Firmaning investitsiya miqdori to’g’risidagi qarori, shunday qilib bir tomondan, o’zining investitsiya dasturlari daromadliligi, boshqa tomondan bozorning foiz stavkasi, ya’ni zayom mablag’laridan foydalanganlik bahosi bilan belgilanadi.
Bozorlar va usullar. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotidagi moliyaviy bozorning ustuvor yo’li iqtisodiy agentlarning jamg’armalarini yig’ish va ushbu mablag’larni yangidan kapital yaratish uchun foydalanishdir. Moliyaviy bozor o’ta murakkab tizim. Hozirgi zamon iqtisodiyotida moliyaviy resurslarni yig’ish va qayta taqsimlash tizimining investitsiya doirasini asosiy unsurlardan hisoblanadi. Ular qatoriga moliyaviy usullar (moliyaviy aktivlar yoki qimmatli qog’ozlar), moliyaviy institutlar (moliyaviy vositachilar) va moliyaviy bozorlar kiradi.

Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin