Moliya tizimi va uning asosiy bo'G'inlari reja: Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi. Soliq tizimi va uning vazifalari


Davlat byudjeti – bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir



Yüklə 21,51 Kb.
səhifə2/3
tarix22.09.2023
ölçüsü21,51 Kb.
#147194
1   2   3
MOLIYA TIZIMI VA UNING ASOSIY BO

Davlat byudjeti – bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti orqali o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir.
Davlat byudjetining ikki tomoni bo‘lib, bir tomonida byudjetga kelib tushadigan daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi.
Davlat mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi umumdavlat moliyasining keyingi bo‘g‘ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to‘lovlari hisobiga shakllanadi. Fond mablag‘lari mol-mulkiy sug‘urtasiga va shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni ko‘zda tutadi.
SHaxsiy sug‘urta aholining pul jamg‘armalarini tashkil qilishning shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug‘urta (ijtimoiy sug‘urta, tibbiy sug‘urta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko‘mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro‘y beradi. Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Byudjet taqchilligining o‘sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YAIM)ga nisbatida aniq namoyon bo‘ladi.
O‘rnatilgan xalqaro standartlarga ko‘ra byudjet taqchilligi YAIMning 5% darajasidan oshmasligi lozim. Byudjet taqchilligi asosan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish, nobyudjet fondlari (sug‘urta fondi, ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko‘rinishidagi davlatning ichki va tashki qarzlari hisobiga qoplanadi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko‘rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. 
Yüklə 21,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin