20-Mavzu Ijtimoiy soliq.
Reja
Ijtimoiy soliqning mohiyati va soliq to’lovchilar
Ijtimoiy soliqning obekti va soliq bazdasi
Ijtimoiy soliqni hisoblash va to’lash tartibi
2004 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2004 yilgi davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq mehnatga haq to‘lash fondidan ijtimoiy sug‘urtaga majburiy badallar to‘lash o‘rniga, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash joriy etilgan edi. Ma’lumki 2020 yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliqning o’rnida yagona ijtimoiy to’lov amal qilar edi. Soliq tizimini soddalashtirish islohotlari samarasi natijasida yagona ijtimoiy to’lov o’rniga ijtimoiy soliq joriy etildi. Endilikda, ushbu yagona ijtimoiy to‘lov o‘rniga 2020 yil 1 yanvardan boshlab ijtimoiy soliq amal qilmoqda.
Amaldagi coliq kodeksiga binoan ijtimoiy soliqni to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi:
- O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
- O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;
- ijtimoiy soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish ob’yektidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish ob’yektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish ob’yekti bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |