Moliya va soliqlar


Ijtimoiy soliq solish maqsadidagi mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə123/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   214
Moliya va soliqlar

Ijtimoiy soliq solish maqsadidagi mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
-predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan, tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to‘lovlar (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno);
-yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o‘xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;
-O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida, biroq O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnoma bo‘yicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo‘lmagan summada belgilanadi.
Ijtimoiy soliq stavkalari

T/r

Soliq to‘lovchilar

Soliq stavkalari, foizlarda

1.

Soliq to‘lovchilar,bundan 2 — 4-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno

12

2.

Budjet tashkilotlari

25

3.

«SOS – O‘zbekiston Bolalar mahallalari» uyushmalari

7

4

Ixtisoslashtirilgan sexlar, chastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar







4,7

Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan pasaytirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.
Ijtimoiy soliq uchun kalendar yil soliq davri bo’lsa, yil oyi hisobot davridir.
Soliq soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
Ijtimoiy soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar bo‘yicha soliqni to‘lash majburiyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi.
Soliq hisoboti soliq hisobida turilgan joydagi soliq organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentlar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yil yakunlari bo‘yicha soliqning hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar taqdim etiladi.
Soliqni to‘lash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Soliq soliq to‘lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan:
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
oilaning boshqa a’zolari tomonidan (bundan o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar mustasno) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
4) «Hunarmand» uyushmasining hunarmandchilik faoliyati sub’yektlari bo‘lgan, qishloq tumanlarida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan a’zolari tomonidan o‘z faoliyatining dastlabki ikki yilida — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
5) «Usta-shogird» maktablari o‘quvchilari tomonidan ular yigirma besh yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davrida — yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda majburiy tartibda to‘lanadi. Belgilangan miqdordagi soliqning to‘lanishi mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
Yuridik shaxs tashkil etgan holda va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari, shuningdek maydoni to‘rt sotixdan kam bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida, tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud ellik boshdan kam bo‘lmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida soliq to‘laydi. Bunda dehqon xo‘jaligi rahbari soliqni majburiy tartibda to‘laydi, boshqa a’zolari va ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda to‘laydi. Belgilangan soliqning to‘lanishi dehqon xo‘jaligi a’zosining va jismoniy shaxsning mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati sub’yektlari bo‘lgan «Hunarmand» uyushmasining a’zolari soliq to‘lashdan ozod etiladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin