Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə124/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   214
Moliya va soliqlar

nazоrat ushun savоllar:
1. Ijtimoiy sоliqni to’lovchilar kim?
2. Ijtimoiy sоliqning ob’ekti qanday to’lovlardan iborat ?
3. Ijtimoiy sоliq solish bazasi qanday aniqlanadi ?
4. Ijtimoiy sоliq bo`yisha qanday sоliq stavkalari mavjud?
5. Ijtimoiy sоliqni bo`yisha qanday imtiyozlar mavjud ?
6. Ijtimoiy sоliq qanday aniqlanadi?
10. Ijtimoiy sоliqni buyudjetga to’lash muddatlari qachon?

21-Мavzu: Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.

Reja


1. Mol-mulkga solinadigan soliqning joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati.
2. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’lovchilar, soliq solish obekti va soliq solish bazasini aniqlash tartibi.
3. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yica imtiyozlar va soliq stavkalari.
4. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim etish va buyudjetga to’lash tartiblari.

Tayanch iboralar va tushunchalar.
Mol-mulk, mulk huquqi, mulkchilik, mulkka egalik qilish, mulkdan foydalanish, mulkni tasarruf etish, mol-mulk solig’i, ko’chmas mulk, normativ muddatda tugallangmagan qurilish, ko’chmas mulklarning o’rtacha yillik qoldiq qiymati.
1. Mol-mulkga solinadigan soliqning joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati.
Korxonalarga soliq solish yo’lidagi muhim qadamlardan biri-korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliqning joriy qilinishi hisoblanadi. Mol-mulk solig’i O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida»gi 225-sonli Qonuniga asosan 1992 yil 1 yanvardan joriy etildi va shu bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish fondlariga to’lov hamda transport vositalariga solinadigan soliq bekor qilindi.
Korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliq asosan joylardagi mahalliy byudjetlar daromad qismini shakllantiradi. Undirilgan ana shu soliq summasi teng ulushlarda mahalliy byudjetlarga o’tkaziladi. Global iqtisodiy munosabatlar rivojlanib boraetgan bugungi kunda mavjud resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy usullaridan biri sifatida mol-mulk solig’ini joriy qilish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Xozir mugaxassislar mol-mulk solig’i va shu kabi resurs tulovlarini anchagina oshirish va foyda (daromad)ga soliq yukini kamaytirishni foydali, deb ta’kidlashmoqda.
Yuridik shaxslar uchun mol mulk solig’ini joriy etishdan quyidagi maqsadlar ko’zda tutiladi:
Birinchidan, korxonalar o’zlarining xo’jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishni uyg’otish;
Ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni ragbatlantirish.
Uchinchidan, byudjetga qo’shimcha moliyaviy resurslar tushishini ta’minlash.
Mol-mulk solig’i moliyaviy nuqtai nazardan rag’batlantiruvchilik va nazorat qilish mahalliy byudjetlarni to’ldirish nuktai nazaridan esa fiskal vazifalarini bajaradi.
Mol-mulk solig’i moliyaviy nuqtai nazardan rag’batlantiruvchilik va nazorat qilish mahalliy byudjetlarni to’ldirish nuqtai nazaridan esa fiskal vazifalarini bajaradi. Mol-mulk solig’i yuqorida bayon qilinganlaridan tashqari mavjud ishlab chiqarishni ekstensiv kengaytirishni jilovlash vazifalarini hal qilishga ham samarali taьsir qiladi.
Xozirgi paytda mulk soliqlaridan keladigan daromad yetakchi salmoqqa ega bulmasa-da, bu soliqlar soliq tizimida o’ziga xos o’rin tutadi. Shunnngdek, mol-mulk solig’i davlat byudjetiga daromadni ta’minlash bilan birga, daromad va mulk taqsimotidagi nomutanosiblikni bartaraf etishning muhim vositasi hisoblanadi. Mulk solig’innng asl maqsadi davlat byudjeti manfaatlariga xizmat qilishdan iborat.
Korxonalar mol-mulkini soliqqa tortish mexnizmi bu-yuridik shaxslar mol-mulkiga soliq solish bilan bogliq bo’lgan. Soliqni tashkil qilishda bevosita ishtirok etuvchi elementlar majmui hisoblanadi. Hozirgi paytda yuridik shaxslarning mol-mulklarini soliqqa tortish mexanizmida mavjud bo’lgan muammolar avvalo soliqqa tortish ob’ektini aniqlash tartibi va soliq stavkasi bilan bog’liqdir.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i to’g’ri soliqlar tarkibiga kiradi va mohiyatiga ko’ra bu soliq asosiy fondlar shaklidagi resurslarga nisbatan belgilangan soliq hisoblanadi. Mazkur soliq bo’yicha tushumlar summasi to’liq mahalliy byudjetlarga tushadi va u mahalliy byudjetlarning barqaror daromad manbalaridan biri hisoblanadi.
Soliq tizimida mol-mulk solig’ini joriy qilishdan ko’zlangan maqsad, birinchidan, korxonalar o’zlarining xo’jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishini uyg’otish bo’lsa, ikkinchidan, korxonalar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag’batlantirishdan iboratdir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning balansidagi barcha mulklardan soliq to’lashga majbur qilish uni ortiqcha bino, inshootlar, mashina va uskunalardan qutulishga undaydi. Bu esa, o’z navbatida, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rag’batlantirish imkoniyatini yaratadi.
2.Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’lovchilari, soliq solish ob’ekti, soliq solinadigan baza va mol-mulkning o’rtacha yillik qoldiq qiymatini aniqlash tartibi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning to’lovchilari quyidagilar (Soliq Kodeksining 410-moddasi):
1) O’zbekiston Respublikasi hududida soliq solish ob’ekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) O’zbekiston Respublikasi hududida ko’chmas mulkka ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar.
Аgar ko’chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlashning imkoni bo’lmasa, ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq to’lovchi hisoblanadi.
Аgar yuridik shaxs ko’chmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan bo’lsa, u ham soliq to’lovchi deb e’tirof etiladi.
Yuridik shaxslarning ko’chmas mulki yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Soliq solinadigan ko’chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organlarda ro’yxatdan o’tkazilishi lozim bo’lgan binolar va inshootlar;
2) qurilishi tugallanmagan ob’ektlar. Qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga qurilish ob’ektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan ob’ektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo’lsa, ushbu ob’ektning qurilishiga vakolatli bo’lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to’rt oy ichida qurilishi tugallanmagan ob’ektlar kiradi;
3) temir yo’llar, magistralь quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur ob’ektlarning ajralmas texnologik qismi bo’lgan inshootlar;
4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun ko’rsatilgan turar joy ko’chmas mulk ob’ektlari, ko’chmas mulk ob’ekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy o’tgach.
Quyidagi ko’chmas mulk ob’ektlari soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi:
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan ob’ektlar;
2) turar joy-kommunal xo’jaligining va belgilangan maqsadi bo’yicha foydalaniladigan boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo’jaligi ob’ektlari. Turar joy-kommunal va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo’jaliklari ob’ektlari jumlasiga shaharlar va shaharchalarni sanitariya tozalash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ob’ektlari, tashqi yoritish, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun va aholiga vodoprovod (suv olish va tozalash inshootlari bilan), kanalizatsiya (tozalash inshootlari bilan), gaz, qozonxonalar va issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlar (ularning inshootlari bilan), shuningdek turar joy-kommunal xo’jaligi ob’ektlariga texnik jihatdan xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash uchun mo’ljallangan binolar kiradi;
3) umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo’llari;
4) sug’orish va kollektor-drenaj tarmoqlari;
5) soliq to’lovchining balansida bo’lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob’ektlar;
6) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong’in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’ektlar. Ob’ektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong’in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’ektlar jumlasiga kiritish tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoki yong’in xavfsizligi organining ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi;
7) yer uchastkalari.
Yuridik shaxslar mol mulkiga solinadigan soliq bazasi quyidagilardir:
- binolar va inshootlar, temir yo’llar, magistralь quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur ob’ektlarning ajralmas texnologik qismi bo’lgan inshootlar bo’yicha o’rtacha yillik qoldiq qiymati.
- qurilishi tugallanmagan ob’ektlar bo’yicha — tugallanmagan qurilishning o’rtacha yillik qiymati;
- qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun ko’rsatilgan turar joy ko’chmas mulk ob’ektlari bo’yicha — mazkur ob’ektlarning o’rtacha yillik qiymati (realizatsiya qilinmagan qismi bo’yicha).
Ko’chmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang’ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to’lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Bunda to’liq amortizatsiya qilingan bino bo’yicha uning uch yilda kamida bir marta aniqlanadigan qayta baholangan (bozor) qiymati soliq bazasidir.
O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko’chmas mulk ob’ektlariga nisbatan soliq bazasi ushbu mol-mulkning o’rtacha yillik qiymatidir.
Soliq solish ob’ektlarining o’rtacha yillik qoldiq qiymati (o’rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko’ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o’rtacha yillik qiymatlarini) qo’shishdan olingan summaning o’n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi (SKning 413-moddasi).
O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko’chmas mulk ob’ektlari bo’yicha soliq bazasi mazkur ob’ektlarga bo’lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko’rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi.
Soliq bazasi har bir soliq solish ob’ekti bo’yicha alohida aniqlanadi.
Soliq to’lovchi tomonidan soliqni to’lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Аlohida-alohida hisob yuritishning imkoni bo’lmasa, soliq bazasi soliq to’lanishi nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning jami sof tushum hajmidagi ulushiga qarab aniqlanadi.
Yu ridik shaxslarning mol-mulk soliği tơlovchilari, ob'ektlari va bazasi.
Yuridik shaxslarning mol-mulk soliği bơyicha imtiёzlar quyidagilardan iborat.
Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning ơrtacha yillik qoldiq qiymatiga (ơrtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:
1) Madani t va san'at, ta'lim, soğliqni saqlash, jismoniy tarbi va sport, ijtimoiy ta'minot ob'ektlarining;
2) qishloq xơjaligi mahsulotlarini etishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti etishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xơjaligi korxonalari balansida bơlgan mol-mulkning.






Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin