Moliya va soliqlar


Korxonaning moliyaviy faoliyatini baholash asosida jamlanadigan moliyaviy axborotlar; 2



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə38/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   214
Moliya va soliqlar

1. Korxonaning moliyaviy faoliyatini baholash asosida jamlanadigan moliyaviy axborotlar;
2. Boshqariladigan obyektning rejalashtirilgan ahvolini belgilovchi rejalar, standartlar, budjetlar va boshqa me’yoriy hujjatlar.
Avtomatlashtirish tarixan ishlab chiqarishda boshlangan va so‘ngra ofisga tarqalgan, boshida faqat mayda-chuyda kotibalik ishini avtomatlashtirish maqsadiga ega bo‘lgan. Kommunikatsiya vositalari rivojlangan sari ofis texnologiyalarini avtomatlashtirish mutaxassis va boshqaruvchilarni qiziktirib qoldi, ular bunda o‘z mehnati samaradorligini oshirish imkoniyatini ko‘radilar.
4.Moliyani boshqarish haqida umumiy tushuncha Bizning mamlakatimizda moliyani boshqarishning yangi tizimi tuzilgan bo‘lib, u muntazam takomillashtirib borilmoqda. Moliyani boshqarish tizimi 6-rasmda aks ettirilgan. Moliya siyosatini amalga oshirish natijasida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun sharoitlar yaratuvchi YaIMning qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Tuzilgan moliyani boshqarish tizimi o‘uyidagilarni amalga oshirishi zarur:
1. Turli darajadagi budjetlarning bajarilishi ta’minlash;
2.. Davlat dasturlarini moliyalashtirilishining tezkorligi oshirish;
3. Davlat mablag‘larining kelib tushishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish;
4. Budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish hamda moliya va soliq organlarining muvofiqligini oshirish;
5. Budjetlarning daromadlar bazasini soliqlarning yig‘uvchanligini oshirish, soliqlarni undirish uslubiyotini takomillashtirish va ularni to‘la yig‘ish hisobiga ko‘paytirish;
6. Mablag‘larni barcha darajadagi budjetlarning ijtimoiy himoyaga mo‘ljallangan moddalari bo‘yicha ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va o‘z vaqtida va to‘la moliyalashtirilishini ta’minlashga yo‘naltirish;
7. Valyuta-moliya operatsiyalarining samaradorligini oshirish va milliy valyutani kuchaytirish va b.
O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimi.
Moliyaviy tizimni umumiy boshqarish mamlakatning oily hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
• Prezident;
• Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya,
byudjet, soliq va bank masalalari bo‘yicha Oliy Majlis har ikki
palatasining tegishli qo‘mitalari;
• Vazirlar Mahkamasi;
• Hisob palatasi;
• Moliya vazirligi va uning quyi, jumladan, G‘aznachilik tizimi
organlari;
• Markaziy bank;
• Davlat soliq qo‘mitasi;
• Davlat bojxona qo‘mitasi;
• Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya;
• Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya
direksiyalari;
• va boshqalar.
Mamlakat Prezidenti moliyaviy tizimning faoliyatini tartibga soladi, mamlakat byudjetini tasdiqlaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga “veto” qo‘yish huquqiga ega. Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo‘lgan Oliy majlis soliqlar, yig‘imlar, soliq xarakteriga ega bo‘lmagan to‘lovlarni o‘rnatadi, davlat byudjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o‘zida davlat ichki va tashqi qarzining chegaralarini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetini ko‘rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Moliya tizimini umumiy boshqarishni yuqori hokimiyat va boshqaruv organlari amalga oshiradi.Ularning asosiy vazifalari:
-Soliqlar bo‘yicha boqimandalarni, shuningdek jarima summalarini qonun hujjatlariga muvofiq so‘zsiz undirib olish;
-Yuridik va jismoniy shaxslarning gayriqonuniy ravishda olgan mablaglarini davlat daromadiga undirish haqida ularga nisbatan sudda da’vo qo‘zgatish;
-Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni belgilangan tartibda muvofiqlashtirish, nazorat qiluvchi organlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlarni to‘xtatish haqida takliflar kiritish.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tashkil etilgan. Davlat bojxona qo‘mitasi organlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1. Respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va belgilangan vakolatlar doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
2. Respublika boj siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashish;
3. Boj qonunlariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish;
4. Boj ishlarini amalga oshirishda fuqarolarning, shuningdek yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
5. Respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga ko‘maklashish;
6. Xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashish;
7. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi bojxona ishiga oid majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
8. Boj poshlinalari, soliqlar va boshqa boj to‘lovlarini undirish.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin