Moliya va soliqlar


Tijorat tashkilotlari va korxonalari moliyasining mohiyati va funksiyalari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə45/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   214
Moliya va soliqlar

3. Tijorat tashkilotlari va korxonalari moliyasining mohiyati va funksiyalari
Yuridik shaxs – fuqarolik huquqi subyekti, fuqarolik-huquqiy munosabatlari ishtirokchisi. O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq, foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin. Yuridik shaxslarning yuqoridagidek farqlanishidan kelib chiqib, ularning moliyasini ham ikkita sohaga ajratish mumkin: tijorat korxonalari moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi. Bu ikki guruh xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish shakli, daromadlar va xarajatlarni shakllantirishi, mulkka egalik qilishi, majburiyatlarni bajarishi, soliqqa tortilishi bilan bog‘liq holda o‘zining xususiyatlariga ega. Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyasi, moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, YaIM qiymatini yaratish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarini qamrab oladi. Ular, asosan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan, moddiy ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadilar. Iqtisodiy tuzumdagi o‘zgarishlar natijasida tadbirkorlik faoliyatining yakuniy maqsadi xususiy kapitalina saqlab holda foyda olish bo‘lib qoldi. Tijorat tashkilotlari va korxonalari tadbirkorlik faoliyatini olib borishida ishlab chiarishni tashkil etish va mahsulot realizatsiyasi, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish, o‘z moliyaviy resursalirini shakllantirish va moliyalashtirishning tashqi manbalarini jalb qilish, ularni taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Moliyaviy munosabatlarning moddiy asosi pul hisoblanadi. Moliyaviy munosabatlar – pul munosabatlarining bir qismi va faqatgina pul mablag‘larining real harakatida yuzaga keladi, xususiy kapitalni, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllanishi va ishlatilishi bilan kuzatiladi. Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyasi – bu xususiy kapitalni, maqsadli pul fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va ishlatish jarayonidagi tadbirkorlik faoliyatini olib borishda yuzaga keladigan pul munosabatlari. Tijorat tashkilotlari va korxonalari moliyasining funksiyalari huddi umumdavlat moliyasinikidek, ya’ni sh va nazorat. Ikkala funksiya ham uzviy bog‘langan.
1. Taqsimlash funksiyasining vositasida ta’sischilarning qo‘yilmalari hisobiga birlamchi kapitalni shakllantirish, ularni ishlab chiqarishga avanslashtirish, kapitalni takror ishlab chiqarish, daromadlar va moliyaviy resurslarni taqsimlanishida alohida tovar ishlab chiqaruvchilarning, xo‘jalik subyektlarining va to‘laligicha davlatning manfaatlarini optimal hisobga olinishini ta’minlovchi asosiy mutanosibliklarni yaratish amalga oshadi. Moliyaning taqsimlash funksiya bilan tijorat tashkilotlari va korxonalarining pul fondlarini olinayotgan daromadlarni taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi orqali shakllanishi bilan bog‘liq. Ularga: ustav kapitali yoki ustav fondi, zahira fondi, qo‘shimcha kapital, jamg‘arish fondi, iste’mol fondi, valyuta fondi va b. kiradi. Taqsimlash munosabatlari jamiyat manfaatlariga to‘laligicha bo‘lgani kabi, alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, ularning xodimlarini, aksionerlarni, kredit va sug‘urta institutlarini ham manfaatlariga taalluqlidir. Shuning uchun, birlamchi vazifa – ularni optimal tashkil qilish. Bu vazifani bajarilishiga moliyaning nazorat funksiyasi yordam beradi. Mablag‘lar normal doiraviy aylanishining buzilishi, mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish xarajatlarining ortib ketishi bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning va to‘laligicha jamiyatning daromadlari pasayadi. Bu esa, ishlab chiqarish jarayonidagi kamchiliklardan, ishlab chiqarish samaradorligiga taqsimlash munosabatlarining yetarlicha ta’sir qilmayotganligidan guvohlik beradi. Moliyaviy ko‘rsatkichlarning tahlili xo‘jalik faoliyati natijalarini baholash va zarurat bo‘lganda moliyaviy natijalarni yaxshilash maqsadidagi moliyaviy ta’sir choralarini ko‘rish imkonini beradi. 2. Nazorat funksiyasining obyektiv asosi – mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish xarajatlarini qiymat hisobi, daromadlar va pul fondlarini shakllanish jarayoni. Moliya, taqsimlash munosabatlari sifatida, takror ishlab chiqarish jarayonini moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlaydi (taqsimlash funksiyasi) va bu bilan takror ishlab chiqarish jarayonining barcha davrlarini: ishlab chiqrish, ayirboshlash, iste’mollarni yaxlit bog‘laydi. Biroq, daromadlarni mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yaratilgan va ularni sotishdan so‘ng olinganidan ortiq taqsimlash va ishlatishning ilojisi yo‘q. Xo‘jalik subyekti tomonidan olinadigan daromadlarining hajmi uning kelajakda rivojlanish imkoniyatlarini belgilaydi. Korxonaning raqobatbardoshligi, uning moliyaviy barqarorligi ishlab chiqarishning samaradorligiga, xarajatlarning qisqartirilishiga va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishligiga bog‘liq. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati ustidan moliyaviy nazoratni quyidagilar amalga oshiradi:
■ bevosita xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi, moliyaviy ko‘rsatkichlarni har tomonlama tahlil qilish, moliyaviy rejalarni bajarilishining borishini, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushumlarning o‘z vaqtida kelishini, tovar-moddiy qiymatliklarni yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar va mahsulot iste’molchilari, davlat, banklar va boshqa kontragentlar (shartnomaviy munosabatlarning bir tomoni) oldidagi majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilish yo‘li bilan;
■ aksiyadorlar va aksiyalarning nazorat paketiga ega bo‘lganlar, pul mablag‘larini samarali joylashtirish, foyda olish va dividendlar to‘lanishi ustidan nazorat qilish yo‘li bilan;
■ soliq organlari, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘la to‘lanishini nazorat qiladi;
■ O‘zR Moliya vazirligining nazorat-taftish xizmati, budjet mablag‘laridan foydalanuvchi korxonalar va tashgkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi;
■ tijorat banklari, ssudalar berish va qaytarishda, boshqa turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatishda;
■ mustaqil auditorlik firmalari, auditorlik nazoratlarini o‘tkazishda.
Tijorat tashkilotlari va korxonalari xo‘jalik faoliyatining ijobiy moliyaviy natijasi moliyaviy resurslarni boshqarishda qo‘llanilayotgan shakl va usullarning samarali ekanligidan dalolat bersa, aksincha, salbiy natija yoki uning yo‘qligi moliyaviy resurslarni boshqarishdagi, ishlab chiqarishni tashkil etishdagi kamchiliklardan va korxonani bankrot bo‘lish ehtimolidan dalolat beradi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin