NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: • Odatda, moliyaviy nazorat qanday ikki yo‘nalishda (aspektda) qaraladi?
• Moliyaviy nazorat deb nimaga aytiladi?
• Moliyaviy nazoratning predmeti qanday moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat?
• Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat qanday sohalarga bo‘linadi?
• Nodavlat moliyaviy nazorati nechaga bo‘linadi?
• Moliyaviy nazorat o‘z ichiga qanday tekshiruvlarni oladi?
• Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, qanday
elementlardan tashkil topadi?
• Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar nimalardan iborat?
• Moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplari tarkibiga nimalar kiradi?
• Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko‘ra uning qanday turlari mavjud?
• Moliyaviy nazoratning shakllarini qandayi mezonlar bo‘yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan?
• Amalga oshirilish reglamenti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari nimalardan iborat bo‘lishi mumkin?
• O‘tkazilish vaqti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari o‘z ichiga nimalarni oladi?
• Nazoratning sub’eklari bo‘yicha moliyaviy nazoratning qanday shakllari bo‘lishi mumkin?
• Nazoratning ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning qanday shakllari mavjud?
• Ichki va tashqi moliyaviy nazorat bir-biridan qanday farqlanadi va ularning qanday umumiy jihatlari bor?
• Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning qanday metodlaridan foydalaniladi?
• Sub’ekt xo‘jalik faoliyatini qamrab olishning to‘liqligiga qarab taftishning qanday turlari bo‘lishi mumkin?
• Moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko‘ra taftishlar qanday guruhlarga bo‘linadi?
• Hisob palatasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga qanday funksiyalarni bajarish yuklatilgan?
• Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq nimalar uning asosiy vazifalari deb belgilangan?
• Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish Kengashining oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?
• O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo‘yicha qanday asosiy vazifa va funksiyalar yuklangan?
• Moliya vazirligi huzuridagi Bosh nazorat-taftish boshqarmasining vazifalari sifatida nimalar belgilangan?
• Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga oid asosiy vazifalari nimalardan iborat?
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tizimidagi Bosh nazorat-taftish boshqarmasining vazifalariga nimalar kiradi?
• Moliyaviy nazorat nodavlat turlarining tarkibi nimalardan iborat?
• Ichki firmaviy moliyaviy nazoratning xarakterli xususiyatlari nimalardan tashkil topadi?
• Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat qanday xususiyatlarga ega?
• Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
• Auditorlik xizmatlari yana qanday boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatishlari mumkin?
• Auditorlik tekshiruvining qanday turlari mavjud?
• Har yili qanday sub’ektlar majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi shart?
• Auditning asosiy tamoyili nimadan iborat?
8-mavzu. Хo’jalik yurituvchi subektlar moliyasi