Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə105/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   214
Moliya va soliqlar

Nazorat savollari

  1. Qo‘shilgan qiymat qanday tarkib topadi?

  2. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qanday shaxslar to‘laydi?

  3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i ob’yekti qanday aniqlanadi?

  4. Soliqqa tortiladigan oborot deganda nimani tushunasiz?

  5. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari va ularni qo‘llash tartibi qanday?

  6. Nol darajali stavka qaysi tovarlar (ish va xizmatlar)ga nisbatan qo‘llaniladi?

  7. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va hisobotni taqdim etish tartibi qanday?

  8. Qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bu’lgan ortiqcha tu’lovni buyudjetdan qaytarish tartibini tushuntirib bering?

  9. Qo`shilgan qiymat sоlig`i i ilk bоr qashоn va qaysi mamlakat sоliq tizimiga sоliq turi sifatida kiritilgan?

  10. O`zbеkistоn Rеspublikasida qo`shilgan qiymat sоlig`i qashоn jоriy etilgan?

  11. Qo`shilgan qiymat sоlig`i nimani ifоdalaydi?

  12. Qo`shilgan qiymat sоlig`I bo’yicha imtiyozlarga nimalar kiradi?



17-mavzu: Aksiz solig’i




Reja:
1.Aksiz solig‘i va uning soliq tizimida tutgan o‘rni.
2. Aksiz solig‘i to‘lovchilarining tarkibi. Aksiz solig‘ining soliqqa tortish ob’yekti.
3.Ishlab chiqarilgan mahsulotlarga aksiz solig‘i stavkalari. Import qilinadigan aksizosti mahsulotlariga qo‘llaniladigan soliq stavkalari.
4.Aksiz solig‘ini hisoblash tartibi. Aksiz solig‘ini hisobga olish.
5.Aksiz solig’ini to’lash muddatlari. Aksiz markalari va ularni qo’llash tartibi. Aksiz markalari bo’yicha xarajatlarni hisobga olish.

Tayanch so‘z va iboralar: aksiz, aksiz solig’i ob’yekti, aksiz solig’i bazasi, advalaor stavka, qat’iy stavka, aksizosti mahsulotlari, aksiz solig‘i stavkasi, aksiz solig’ini hisoblash tartibi, aksiz markalari.

1.O‘zbekistonda aksiz solig‘i 1992 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda oborot solig‘i va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy qilingan. Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat aksiz osti tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday tovarlar aksiz solig’i qo’llaniladigan tovarlar ham deyiladi. Aksiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi. Aksiz solig‘i davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda salmoqli o‘rin egallaydi.(1-jadval)


1-jadval
Aksiz solig’ining O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti soliqli daromadlari tarkibidagi salmog‘i4

Ko`rsatkichlar

2016 yil

2017 yil

2019 yil



mlrd.so’m

foiz

mlrd.so’m

foiz

mlrd.so’m

foiz

Egri soliqlar

21 130,7

51,4

26 133,6

52,6

46428.5

47.4

Aksiz solig’i

6 258,2

15,2




7 449,2

14.9

10316.0

10.5

Jami soliqli daromadlar

41 043,4

100,0

49 684,8

100,0

97894.0

100,0


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin