Moliya va soliqlar


Aksiz solig‘ini to‘lovchilar deb quyidagi shaxslar e’tirof etiladi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə106/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   214
Moliya va soliqlar

Aksiz solig‘ini to‘lovchilar deb quyidagi shaxslar e’tirof etiladi
(SK-283-moddasi):
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar;
2) tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
3) benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Yakuniy iste’molchilar deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;
4) oddiy shirkat ishtirokchisi bo‘lgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
5) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz to‘lanadigan tovarlarni olib o‘tuvchilar. Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq mazkur shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Quyidagilar ham soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi:
1) telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
Aksiz solig‘i solinadigan ob’yektlar quyidagilardan iborat:
(SK-284-moddasi).
1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan aksiz to‘lanadigan tovarlarni boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun berish:
tovarga bo‘lgan mulk huquqini berish;
garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan berish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul berish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to‘lash yoki dividendlar to‘lash hisobidan berish;
2) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish;
3) aksiz to‘lanadigan tovarlarni:
a) ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish;
b) yuridik shaxs bo‘lgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda aksiyadorga berish;
v) yuridik shaxsni tugatishda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish;
4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan, shuningdek aksiz to‘lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli bo‘lgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish;
5) aksiz to‘lanadigan tovarlardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
6) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
7) benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
8) aksiz to‘lanadigan xizmatlar ko‘rsatish;
9) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning buzilishi, yo‘qotilishi, bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hollar mustasno. Aybdor tomonidan tovarning qiymati sug‘urta orqali to‘langan yoki uning o‘rni qoplangan taqdirda, aksiz solig‘i sug‘urta orqali to‘lash (o‘rnini qoplash) ulushida to‘lanadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin