Moliya va soliqlar


Soliq to’lovchilar uchun quyidagilar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə122/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   214
Moliya va soliqlar

Soliq to’lovchilar uchun quyidagilar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi:
-ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘ligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash tarzidagi, mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha qonunda belgilangan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
-jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lguniga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bo‘lib qolgan taqdirda, zararning o‘rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,76 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplanadi);
-maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo‘shimcha xarajatlar uchun oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi miqdoridagi to‘lovlar;
-jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qo‘shimcha xarajatlar tariqasida har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdoridagi to‘lovlar;
-xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik o‘rtacha ish haqi miqdoridagi to‘lovlar miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
-paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar.
Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi (SKning 404-moddasi) ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan barcha mehnatga haq to‘lash tarzidagi to‘lovlar summasi sifatida aniqlanadi.
Mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda quyidagi to’lovlar soliq solish bazasiga tegishlidir:
-hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
-ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
-soliq Kodeksining 372-moddasiga muvofiq rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
-soliq Kodeksning 373-moddasiga muvofiq kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);
-soliq Kodeksning 374-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash;
-haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan boshqa to‘lovlar.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin