Moliya va soliqlar


Moddiy naf tarzidagi daromadlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə119/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   214
Moliya va soliqlar

Moddiy naf tarzidagi daromadlar
Soliq to‘lovchi tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar quyidagilardan iborat:
1) soliq agenti tomonidan soliq to‘lovchi manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar (xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini to‘lash, shu jumladan:
soliq to‘lovchining bolalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘qitish, tarbiyalash haqini to‘lash;
soliq to‘lovchilarga berilgan uy-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlarini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash;
sanatoriy-kurortlarda davolanish yo‘llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulator davolanish haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash;
soliq agentining soliq to‘lovchi daromadi bo‘lgan boshqa xarajatlarini to‘lash;
2) soliq to‘lovchining manfaatlarini ko‘zlab tekin, shu jumladan hadya shartnomasi bo‘yicha berilgan mol-mulkning va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati;
3) tovarlarni (xizmatlarni) soliq to‘lovchilarga realizatsiya qilish narxi hamda shu tovarlarning (xizmatlarning) hisoblab chiqarilgan qiymati o‘rtasidagi salbiy farq;
4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yo‘l, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish bo‘yicha beriladigan imtiyozlar summasi;
5) jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;
6) soliq agenti tomonidan to‘lovlar hisobiga to‘lanib, soliq to‘lovchidan ushlab qolinishi lozim bo‘lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
Soliq to‘lovchi tomonidan soliq agentidan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to‘lovchi tomonidan soliq agentidan aksiz to‘lanadigan tovarlar yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, bunday tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida aksiz solig‘ining va qo‘shilgan qiymat solig‘ining tegishli summasi hisobga olinadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin