Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə116/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   214
Moliya va soliqlar

nazоrat ushun savоllar:

1. Yuridik shaxslarning fоydasiga sоlini to’lovchilarni aytib bering?


2. Yuridik shaxslarning fоydasiga sоlinadigan sоliqi ob’ektini nimalardan iborat ?
3. Yuridik shaxslarning fоydasiga sоlinadigan sоliqi solish bazasi qanday aniqlanadi ?
4. Yuridik shaxslarning fоydasiga sоlinadigan sоliq bo`yisha qanday sоliq stavkalari mavjud?
5. Yuridik shaxslardan undiriladigan fоyda sоlig`i bo`yisha qanday imtiyozlar mavjud ?
6. Nоrеzidеntlar hamda shеt ellik yuridik shaxslarning fоydasiga sоliq sоlishning o`ziga xоs xususiyatlari nimalardan ibоrat?
7. Nоrеzidеntlar kimlar hisоblanadi?
8. Yuridik shaxslardan undiriladigan fоyda sоlig`ini hisоbga оlish tartibi qanday?
9. Yuridik shaxslarning fоyda sоliqi qanday aniqlanadi?
10. Yuridik shaxslarning fоyda sоliqini buyudjetga to’lash muddatlari qachon?
11. Yuridik shaxslardan olinadigan fоyda solig’iga tortiladigan daromadlar tarkibini sanang?
12. Yuridik shaxslardan olinadigan fоyda solig’I bo’yicha chegirilmaydigan harajatlar ro’yxatini keltiring?


19-Mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’I


Режа:
1. JSHDS to’lovchilar, soliq solish ob’ekti, soliq solinadigan baza.
2. JSHDSmehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar.
3. JSHDSda tortiladigan moddiy naf tarzidagi daromadlar.
4. JSHDSda tortiladigan mulkiy daromadlar va boshqa daromadlar.
5. JSHDS bo’yicha soliq imtiyozlari.
6. JSHDS bo’yicha soliq stavkasi, xisob kitoblarni taqdim etish tartibi va to’lov muddatlari.
JSHDS to’lovchilar, soliq solish ob’ekti, soliq solinadigan baza.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar;
2)O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar.
Soliq to‘lovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish obyekti deb hisoblanadi( SKning 365-moddasi).
Soliq bazasi quyidagilar hisoblanadi (SKning 366-moddasi):
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun — ushbu bo‘limda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini hisobga olgan holdagi jami daromadlari;
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun — ushbu bo‘limda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qo‘llanmagan holdagi jami daromadlari.
Soliq bazasini aniqlashda soliq to‘lovchining ham pul shaklida, ham natura shaklida olgan daromadlari yoki daromadlarni tasarruf etish uchun yuzaga kelgan huquqlari, shuningdek moddiy naf tarzidagi daromadlari hisobga olinadi. Bunda soliq to‘lovchining alohida turdagi daromadlari ushbu bo‘limda belgilangan shartlarda va tartibda jami daromad tarkibida hisobga olinishi yoki hisobga olinmasligi mumkin.
Soliq to‘lovchining chet el valyutasida ifodalangan daromadlari, haqiqatda daromadlar olingan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutaga qayta hisob-kitob qilinadi.
Turli soliq stavkalari bo‘yicha solinadigan soliq bazasi alohida aniqlanadi.
Soliq bazasi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq davri boshidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining soliq Kodeksiga muvofiq aniqlanadigan yig‘ma foydasini ham o‘z ichiga oladi.
Soliq Kodeksida nazarda tutilgan hollarda soliq to‘lovchining daromadlariga tuzatish kiritilishi mumkin.
Soliq qonunchiligiga ko’ra jami daromad soliq to‘lovchining soliq solishob’ekti bo’lib, soliq davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi (SK: 368-modda):
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan;
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin