Moliya va soliqlar


Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə118/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   214
Moliya va soliqlar

Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan quyidagi barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi:
mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);
ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash;
haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan boshqa to‘lovlar.
Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan, tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to‘lovlar (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno);
Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar (SK 372-moddasi).
Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) yillik ish yakunlari bo‘yicha pul mukofoti;
2) yuridik shaxsning mukofotlash to‘g‘risidagi nizomida nazarda tutilgan rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar;
4) ta’tilga qo‘shimcha haqlar hamda soliq Kodeksida soliqqa tortish nazarda tutilgan moddiy yordam;
5) ko‘p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to‘lovlar;
6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to‘lov;
7) mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan bir yo‘la beriladigan mukofotlar.
Kompensatsiya to‘lovlari (SKning 373-moddasi)
Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadga kiritiladigan kompensatsiya to‘lovlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylardagi ishlar bilan bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlar (ish staji uchun ustamalar, baland tog‘li, cho‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar bo‘yicha to‘lovlar). Bunda yuridik shaxslar xodimlarining cho‘l va suvsiz joylarda, baland tog‘li va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun ish haqiga koeffitsiyentlar hisoblashning eng yuqori summasini aniqlash hisoblash sanasida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorida belgilanadi;
2) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli, o‘ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar;
4) ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
5) doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo‘lgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarning vaxta usulida bajarilishini nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to‘lanadigan ustamalar;
6) ish beruvchi joylashgan yerdan (yig‘ilish punktidan) ishlash joyigacha borish va u yerdan qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan holda yo‘lga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi yoki maosh miqdorida to‘lanadigan summalar;
7) yer osti ishlarida doimiy band bo‘lgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining me’yoriy vaqti uchun to‘lanadigan qo‘shimcha haqlar;
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala ta’minoti;
9) xizmat safarlari vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
10) ishlar vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun to‘lovlar;
11) xizmat safarlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to‘lovlar;
12) mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash uchun ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar;
13) oziq-ovqat va yo‘l chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yo‘l chiptalarining qiymatini qoplash.
Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) qonun hujjatlariga muvofiq:
a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta’til uchun to‘lov, shuningdek ushbu ta’tildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya to‘lovi;
b) noqulay va o‘ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek og‘ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qo‘shimcha ta’til uchun to‘lov;
v) o‘qish bilan bog‘liq ta’til va ijodiy ta’tillar uchun to‘lov;
g) o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor ayollarga berilgan qo‘shimcha ta’til uchun to‘lov;
2) asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan holda majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga beriladigan to‘lovlar;
3) donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun to‘lov;
4) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga to‘lov;
5) qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi bo‘yicha saqlab qolinadigan ish haqi;
6) ma’lum muddatga avvalgi ish joyi bo‘yicha lavozim maoshi miqdori saqlab qolingan holda boshqa yuridik shaxslardan ishga joylashtirilgan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turgan xodimlarga maoshdagi farq to‘lovi;
7) xodimlarga kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda o‘qishlari vaqtida asosiy ish joyi bo‘yicha ularga to‘lanadigan ish haqi;
8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun to‘lov;
9) mehnat layoqatini vaqtincha yo‘qotgan xodimlarga qo‘shimcha to‘lov;
10) qonun hujjatlariga muvofiq yoki ish beruvchining qarori bilan majburiy progul vaqti uchun yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun to‘lov;
11) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun to‘lov;
12) asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun hamda o‘quvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga to‘lov;
13) ish beruvchining mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan pensiyalar va nafaqalarga qo‘shimchalar, stipendiyalar;
14) oliy o‘quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta’til vaqti uchun ish beruvchi hisobidan to‘lanadigan nafaqalar.
Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi (SK 375 moddasi):
1) foizlar;
2) dividendlar;
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
4) soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar.
5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutug‘iga oid patent (litsenziya) egasi bo‘lgan soliq to‘lovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
6) royalti;
7) ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk bo‘yicha ishonchli boshqaruvchidan olingan daromad;
8) ushbu REPO operatsiyalari bo‘yicha daromad;
9) qimmatli qog‘ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan operatsiyalar bo‘yicha daromad;
10) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
11) oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaga) muvofiq ishtirok etishdan olingan daromadlar;
12) mulkiy xususiyatga ega boshqa daromadlar.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin