Moliya va soliqlar


Quyidagilar soliq bazasidir (SKning 427-moddasi)



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə132/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   214
Moliya va soliqlar

Quyidagilar soliq bazasidir (SKning 427-moddasi) :
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasining umumiy maydoni, ;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq solinmaydigan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq aniqlangan normativ qiymati, meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar uchun esa — yer uchastkasining umumiy maydoni.
Yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to‘lovchiga o‘tgan bo‘lsa, soliq bazasi yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi.
Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq bekor qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq tugatilganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi (ko‘paytiriladi).
Soliq to‘lovchi soliq to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirganda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan yer uchastkasi bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo‘lmaganda, soliq bazasi soliqni to‘lash nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy sof tushum hajmidagi ulushidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.02.00 Er solig‘i / 07.11.02.03 Er solig‘i bo‘yicha imtiyozlar]
Soliq imtiyozlari
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va ko‘proq) uskunalari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha ular ishga tushirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga soliqdan ozod etiladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin