Nazorat uchun savollar: 1. Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliqning mohiyatini va ahamiyatini tushuntiring.
2. Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliqning tơlovchilari kimlar?.
3. Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliqning ob'ekti va bazasi nima?
4. Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq bơyicha qanday imtiёzlar mavjud.
5. Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va tơlash tartibini tushuntiring?
6. Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari haqida tushuncha bering?
[OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.05.00 Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus to‘lovlar / 07.10.05.05 Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun maxsus to‘lovlar]
24-Mavzu Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq. Reja: 1. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning joriy etilishi, uning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
2. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to’lovchilar, soliq solish obekti va soliq solish bazasi.
3 Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo’yica imtiyozlar va soliq stavkalari.
4. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim etish va buyudjetga to’lash tartiblari.
Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib oluvchi, mineral xomashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib oluvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar - yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi (Skning 449-moddasi).
O‘zbekiston Respublikasi hududida konlarni qidirishni, foydali qazilmalarni qazib olishni, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida yer qa’ridan foydalanuvchilar deb e’tirof etiladi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar bo‘lmaydi.
Foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir (SKning 450-moddasi). Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi foydali qazilmalarning haqiqiy yo‘qotishlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Foydali qazilmaning zaxirasi qaysi foydali qazilmaning miqdoriga kamaytiriladigan bo‘lsa, o‘sha foydali qazilmaning hisoblangan miqdori va foydali qazilmani qazib olishning (ajratib olishning) to‘liq texnologik sikli yakunlangach aniqlangan, haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma miqdori o‘rtasidagi farq foydali qazilmaning haqiqiy yo‘qotishlaridir.
Soliq solish obyekti foydali qazilmaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.