Moliya va soliqlar


-Mavzu: Aylanmadan olinadigan soliq



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə142/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   214
Moliya va soliqlar

25-Mavzu: Aylanmadan olinadigan soliq.
Reja:
1. Aylanmadan olinadigan soliqning joriy etilishi, xususiyati va afzalliklari.
2. Aylanmadan olinadigan soliqni to’lovchilar, soliq solish obekti va soliq solish bazasi.
3. Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari va soliq imtiyozlari.
4. Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim etish va buyudjetga to’lash tartiblari.


Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar deb quyidagilar e’tirof etiladi (SKning 461-moddasi):
1) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (bundan buyon ushbu bo‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi);
2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan, lekin bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
1) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
2) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
3) yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda ellik gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;
4) benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
5) lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
6) oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga — oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha;
7) bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
8) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga.
Yuqorida qayd etilgan mezonlarga mos bo’lgan soliq to‘lovchilar, ya’ni Soliq Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lash o‘rniga aylanmadan olinadigan soliq to‘lashni nazarda tutadigan maxsus soliq rejimini tanlashga haqli.
Soliq Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar aylanmadan olinadigan soliq to‘lashga navbatdagi soliq davridan boshlab o‘tishga haqli. Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tish uchun soliq to‘lovchilar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tishi to‘g‘risida soliq hisobida turgan joyidagi soliq organini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda, biroq aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tilayotgan navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qiladi.
Belgilangan mezonlarga mos bo’lgan soliq to‘lovchilarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshganda, agar ularning tovar aylanmasi 1.0 mlrd so’mdan oshgan bo‘lmasa va aylanma solig’ini to’lashga o’tishni cheklovchi faoliyat bilan shug’ullanmasa, soliqning oshib ketgan summasidan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tadi.
Soliq Kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 2-bandida ko‘rsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash o‘rniga qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishga haqli. Soliq solish tartibini tanlash uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari yuz million so‘mdan oshgan sanadan besh kundan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda bildirishnoma yuboradi.
Bildirishnoma belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi.
Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida tanlangan soliq solish tartibini ko‘rsatish orqali aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tartibini tanlash huquqiga ega.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy ravishda o‘tgan soliq to‘lovchilar, basharti joriy soliq davri yakunlari bo‘yicha tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadlari bir milliard so‘mdan oshmagan bo‘lsa, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga kamida o‘n ikki oydan keyin qayta o‘tishga haqli.
Soliq davri davomida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bunday oshish ro‘y bergan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsda yoki yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi ro‘yxatdan o‘tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar, 365 ga bo‘lingan va ro‘yxatdan o‘tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar bo‘lgan kunlar soniga ko‘paytirilganda bir milliard so‘mga teng summadan oshsa, u holda bunday shaxslar ro‘yxatdan o‘tilgan yildan keyingi yildan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi soliq to‘lovchilar, shu jumladan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provaydyerlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni realizatsiya qilish bo‘yicha umumiy aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shaxslar, ularni samarasiz foydalanayotganligi bo‘yicha xulosa kiritilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari bo‘lgan yuridik shaxslar, investitsion loyihaning amalga oshirilmaganligi to‘g‘risida xulosa berishga vakolati bo‘lgan vakolatli organning xulosasi chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan obyektlar qurilishini (bundan joriy va kapital ta’mirlash mustasno) bajaruvchi yuridik shaxslar bunday qurilishga doir shartnoma rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Soliqni to‘lash soliq to‘lovchini quyidagilardan ozod etmaydi:
ushbu Kodeks bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq agentining majburiyatlarini bajarishdan;
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, hisobvaraq-faktura taqdim etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan.
Soliq Kodeksiga muvofiq aniqlanadigan jami daromad soliq solish obyektidir, bundan soliq Kodeksniga (304-moddasiga) muvofiq nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish chog‘ida inobatga olinmaydigan daromadlar mustasno (SKning 463-moddasi).

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin