Moliya va soliqlar


Soliq solinadigan baza yuqorida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə144/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   214
Moliya va soliqlar

Soliq solinadigan baza yuqorida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi:
1) brokerlik tashkilotlari uchun — bitim summasidan birjaga o‘tkaziladigan vositachilik yig‘imi summasiga;
2) komissiya shartnomasi bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun — tovarlarni import qilishda to‘langan bojxona to‘lovlari summasiga realizatsiya qilingan tovar ulushida;
3) turizm faoliyati subyektlari uchun — turistik xizmatlarni onlayn bronlashtirish va sotish uchun yaratilgan dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasi bo‘lib soliq Kodeksi 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqilgan, uning tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan jami daromadi hisoblanadi.
Jismoniy shaxs o‘z tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni tuzishda o‘zining yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat ko‘rsatayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish holatining o‘zidan yaqqol kelib chiqmasa, ko‘rsatishi shart.
Soliq solishda yakka tartibdagi tadbirkorning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan, uning tadbirkorlikni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari hisobga olinmaydi.
Aylanmadan olinadigan soliqqa tortiladigan daromadlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
1) tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
2) bitim shartlari o‘zgarganda;
3) narxlar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovlardan foydalanganda;
4) ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Qonunchilikda nazarda tutilgan daromadlarga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi. Daromadlarga tuzatish kiritish tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Daromadlarga tuzatish kiritish soliq to‘lovchi umumbelgilangan soliq solish tartibidan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tgan hollarda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritiladigan daromadlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash hollari mustasno.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin