Moliya va soliqlar


Aylanmadan olinadigan soliq bo’yicha kalendar yil soliq davridir. Yil choragi hisobot davridir



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə146/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   214
Moliya va soliqlar

Aylanmadan olinadigan soliq bo’yicha kalendar yil soliq davridir. Yil choragi hisobot davridir.
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi.
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil aniqlanadi. Soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay;
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliqni to‘lash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.


Nazorat uchun savollar:

1. Aylanmadan olinadigan soliqning joriy etilishi, mohiyatini va ahamiyatini tushuntiring?


2. Aylanmadan olinadigan soliqning tơlovchilari kimlar?.
3. Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar tarkibini sanab bering?
4.Aylanmadan olinadigan soliqning ob'ekti va bazasi nimalardan iborat?
5. Aylanmadan olinadigan soliqning stavkalari haqida tushuncha bering?
6. Aylanmadan olinadigan soliq bơyicha qanday imtiёzlar mavjud.
7 Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va tơlash tartiblarini tushuntiring?
8. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlarini keltiring?
9. Aylanmadan olinadigan soliqqa tortiladigan daromadlarga qanday hollarda tuzatish kiritiladi?
10. Aylanmadan olinadigan soliq qaysi soliq to’lovchilarga tatbiq etilmaydi?


26-Mavzu: Soliq nazorati va uning shakllari.


Reja
1. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar.
2. Soliq nazoratini tashkil etish tartiblari va shakllari.
3. Soliq tekshiruvlarining turlari
4. Soliq nazoratini ta’minlash va natijalarini rasmiylashtirish tartiblari.


Vakolatli organlarning soliq to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir.
Soliq nazorati maqsadida davlat organlari, muassasalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar soliq to‘lovchilarni soliq bo‘yicha hisobga olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni soliq Kodeksda belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etib boradi.
Soliq nazorati maqsadida banklar ushbu Kodeksning 134-moddasida o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajaradi.
Soliq, bojxona organlari va boshqa vakolatli organlar, prokuratura organlari hamda tergov organlari soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlari, o‘zlari olib borayotgan soliq tekshiruvlari haqidagi o‘zida mavjud materiallar to‘g‘risida bir-birini xabardor qiladi. Shuningdek mazkur organlar o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa zarur axborot bilan almashishni amalga oshiradi. Bunday xabardor qilish tartibi mazkur organlar o‘rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.
Soliq to‘lovchi (soliq agenti) to‘g‘risida qonun hujjatlari talablarini buzgan holda olingan hujjatlar yoki boshqa axborot ushbu shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
Soliq nazorati materiallari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda soliq to‘lovchi hisobda turgan joydagi soliq organida tekshiruv tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Soliq organlari quyidagi shakllarda soliq nazoratinini amalga oshiradi:
1) soliq tekshiruvlari;
2) soliq monitoringi.
Ammo, bojxona organlari tovarlarning O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarga nisbatan soliq Kodeksiga va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq nazorati amalga oshiriladi.
Soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi. Soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi to‘g‘risida soliq organlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o‘tkazadi:
1) kameral soliq tekshiruvi;
2) sayyor soliq tekshiruvi;
3) soliq auditi.
Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o‘tkaziladi (SKning 138-moddasi).
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Buyruqda soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, tekshiruvni o‘tkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr, tekshirilayotgan soliqlar va yig‘imlarning turlari ko‘rsatiladi.
Kameral soliq tekshiruvi soliq Kodeksida belgilangan da’vo muddati o‘tmagan soliq davrlariga nisbatan o‘tkazilishi mumkin.
Kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi soliq to‘lovchidan (soliq agentidan, uchinchi shaxsdan) hisobga olish hujjatlarini, taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga olish hujjatlariga doir tushuntirishlarni, shuningdek soliq hamda yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq boshqa axborotni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda so‘rab olishi mumkin.
So‘ralgan hujjatlar va tushuntirishlar soliq organiga tegishli so‘rov olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etilishi kerak. Bu muddat soliq to’lovchining arizasiga ko‘ra soliq organi tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Soliq to‘lovchi kameral soliq tekshiruvi tugaguniga qadar soliq summasi o‘zgartirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etsa, kameral soliq tekshiruvida ushbu aniqlashtirilgan soliq hisoboti hisobga olingan holda o‘tkaziladi. Agar o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi yakuni bilan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq organi soliq to‘lovchiga soliq hisobotlariga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuboradi.
Soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish haqida talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi. Agar o‘rganish va tahlil qilish yakunlariga ko‘ra tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlanmagan bo‘lsa ham kameral soliq tekshiruvi yakunlangan hisoblanadi.
Soliq to‘lovchi tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi talabnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda tegishli soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.
Soliq to‘lovchi soliq organining tegishli talabnomasida ko‘rsatilgan, aniqlangan tafovutlarning asosnomasi sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini taqdim etishga haqli. Soliq to‘lovchining nomidan bunday asosnomani soliq maslahatchilari tashkiloti soliq to‘lovchi bilan tuzilgan shartnoma asosida mustaqil ravishda taqdim etishi mumkin.
Soliq to‘lovchining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida soliq organining rahbari (rahbari o‘rinbosari) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Aniqlangan tafovutlar bo‘yicha taqdim etilgan asosnomalariga to‘liq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda, soliq organi ilgari yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi to‘g‘risidagi bildirish xatini yoxud soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan talabnomani soliq to‘lovchiga yuboradi.
Agar soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa, soliq organi soliq to‘lovchiga soliq auditini tayinlashga haqli.
Soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi. Mazkur qoida soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qo‘llanilmaydi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ining summasini qaytarish uchun ariza taqdim etilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida soliq organining buyrug‘isiz, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Kameral soliq tekshiruvi o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasdiqlagan nizom asosida amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchilarning soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish sayyor soliq tekshiruvidir (SK-139-modda).
Sayyor soliq tekshiruvi chog‘ida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotning tahlili o‘tkaziladi.
Sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish chog‘ida soliq organlari profilaktika tadbirlarini va xronometraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa texnikasi va to‘lov terminallari qo‘llanilishini tekshirishga va soliq nazoratining boshqa tadbirlarini o‘tkazishga haqli.
Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Buyruqda soliq to‘lovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni o‘tkazish muddatlari va maqsadi ko‘rsatiladi.
Sayyor soliq tekshiruvi o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
Sayyor soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq organlari tomonidan soliqlar va yig‘imlarni hisoblash amalga oshirilmaydi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin