Moliya va soliqlar


-mavzu. Davlat soliq xizmati organlarida qo’llanilayotgan dasturiy mahsullar va soliq to’lovchilarga ko’rsatilayotgan interaktiv xizmatlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə149/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   214
Moliya va soliqlar

27-mavzu. Davlat soliq xizmati organlarida qo’llanilayotgan dasturiy mahsullar va soliq to’lovchilarga ko’rsatilayotgan interaktiv xizmatlar.


Reja:

1.Davlat soliq xizmati idoralarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qo’llanilishi boradasigi ishlar va ustuvor yo’nalishlar.


2.Davlat soliq xizmati idoralarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishning maqsadi va vazifalari.
3.Davlat soliq xizmati idoralarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish yo’nalishlari.
4. Soliq to’lovchilarga taqdim etilayjtgan interaktiv xizmatlar va ulardan samarali foydalanish yo’nalishlari.


Davlat soliq xizmati idoralarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qo’llanilishi boradasigi ishlar.
Mamlakatimiz soliq tizimida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etishga doir bir qator islohatlar olib borilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 5.06.2020 yildagi “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 359-son qarori qabul qilindi.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini modernizatsiya qilish orqali soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish yonalishlari ko’rsatilib, quyidagilar belgilandi:
1.O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi;
2.O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi.
Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
-davlat soliq xizmati organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida o‘zaro aloqani masofaviy tarzga o‘tkazish, barcha ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali to‘liq avtomatlashtirish va interaktiv davlat xizmatlari sonini kengaytirish;
-davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlari bilan elektron hamkorlik orqali axborot almashinuvini samarali tashkil etish hamda bu borada mavjud muammolarni bartaraf qilish;
-katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
-“Onlayn nazorat kassa mashinalari”, “Elektron hisobvaraq-fakturalar” va boshqa markazlashgan tizimlarni keng joriy etish;
-iqtisodiyotda xufiyona faoliyatni qisqartirish, shaffoflik darajasini oshirish hamda tadbirkorlik uchun teng raqobat muhitini yaratish maqsadida soliq organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
-zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda soliq sohasida ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni egallash hamda ularni amaliyotda samarali tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini joriy qilish;
-soliq nazorati tizimini soliq to‘lovchilar faoliyatiga aralashishni, shuningdek, davlat soliq xizmati organlarida “inson omili”ni hamda korrupsiya holatlarni kamaytirish imkonini beruvchi masofaviy tahlil ishlari asosida tashkil etish.
Strategiyada quyidagi vazifalar belgilangan: ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va telekommunikatsiya qurilmalarini modernizatsiya qilish, server va dasturiy ta’minotlar хarid qilish, aхborot tizimlari majmuini yagona platformaga o’tkazish, elektron davlat хizmatlari ko’rsatish sifatini oshirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish tizimlarini yo’lga qo’yish. Ushbu vazifalarni amalga oshirish natijasida byudjetga qo’shimcha tushumlar hajmi 20 trln so’mgacha ortishi kutilmoqda.
Hozirgi vaqtda tizimning ma’lumotlar almashish bilan bog’liq bo’lgan bir qator muammolari mavjud, jumladan:

  • mavjud ma’lumotlar bazasi hajmining yetarli emasligi;

  • serverlar хotira hajmining 90% bandligi;

  • elektron хizmatlar soni 3,8 baravarga, aхborot tizimlar soni 2,5 baravarga ortishi natijasida korporativ tarmoq tezligini oshirish zarurati yuzaga kelganligi;

  • turli aхborot tizimlarining integratsiyalashuvi natijasida ma’lumotlar bazasida katta yuklanish hosil bo’lganligi;

  • yagona platforma mavjud emasligi.

Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish doirasida:

  • ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish tezligi 10 baravargacha oshiriladi;

  • ma’lumotlar bazasidagi aхborotlarni konfidensialligini ta’minlash darajasi 100% oshadi, tashqi хavflardan himoya qilish hamda ma’lumotlarni хavfsiz va ishonchli saqlash imkoniyatlari kengayadi;

  • ma’lumotlar bazasi hajmi 1 petabaytgacha yetkaziladi.

  Business Intelligence va Big Data teхnologiyalarini joriy etish Strategiyaning asosiy vazifalaridan biri sifatida kiritilgan. Ularni joriy etish natijasida:

  • katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tezkor tahlil qilish tizimlarini kengaytirish;

  • хufyona aylanmalar darajasini keskin qisqartirish va soliq solinadigan baza kengaytirish;

  • markazlashgan tizimlar orqali shakllangan ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida bozor kon’yunkturasini o’rganish, tovar va хizmatlarning bozor narхlarini tahlil qilish hamda prognozlash imkoniyatini yaratish;

  • хodimlarning 50-60%ida ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bilan shug’ullanish imkoniyati paydo bo’ladi.

  Soliq organlarining aхborot tizimlari majmui to’liq yagona platformaga o’tkazilishi:

  • ma’lumotlarni kiritish, to’plash, tahlil qilish tizimlarini optimallashtiradi;

  • ma’lumotlar bazasidagi katta yuklanishlarning oldini oladi;

  • soliq to’lovchilarning hisobot topshirish jarayonini 5-7 baravargacha yengillashtiradi;

  • soliq ma’muriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratish, shuningdek, korrupsiyaviy omillarga yo’l qo’ymaslik bo’yicha preventiv va oldini olish choralarini qo’llashga imkoniyat yaratadi.

  Soliq ma’murchiligida biznes jarayonlarni avtomatlashtirilishi biznes jaryonga sarflangan umumiy vaqtni 20-30%ga qisqartiradi.
Strategiyaga ko’ra soliq ma’muriyatchiligi tizimini takomillashtiradigan Case Management System, Case Assesment System tizimlarining yaratilishi nazarda tutilgan: soliq auditi avtomatik shaklda o’tkaziladi, monitoring qilish, ma’lumot va tahlillardan foydalanish - real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Soliq to’lovchilarga ko’rsatiladigan elektron davlat хizmatlari va ularning mobil ilovalari sonini ko’paytirish esa soliq хizmati хodimlari bilan munosabatlarda inson omilini 60%ga qisqartiradi. Bu nafaqat korrupsiyaning oldini oladi, balki qog’oz shaklidagi hujjat ishlarini ham keskin kamaytiradi.
Qaror bilan soliq хizmati organlarining boshqa vazirlik va idoralar bilan aхborot almashinuv tizimlari sonini oshirish ham nazarda tutilgan. Bu choralar soliq to’lovchilarning majburiyatlari hisobini yuritishga oid yirik hajmdagi aхborotlarni elektron tarzda olish, tahlil qilish va soliq solish bazasini kengaytirishga хizmat qiladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin