Moliya va soliqlar


Sof foyda - soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda; Tannarx



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə157/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   214
Moliya va soliqlar

Sof foyda - soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda;
Tannarx - mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining, shuningdek tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi. Tannarx buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi;
Tovar oboroti - muayyan davr ichida savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida tovarlarni sotishdan olingan (olinishi lozim bo‘lgan), pulda ifodalangan mablag‘lar;
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum - realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan (olinishi lozim bo‘lgan) mablag‘lar summasi, shu jumladan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘lash yoki qarzni uzish hisobiga tushadigan mol-mulk qiymati;
Tovarlarni eksport qilish - O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib chiqish;
To‘lov manbai - soliq to‘lovchiga to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Umidsiz qarz - sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud da’vo qilish muddati o‘tishi oqibatida uzish mumkin bo‘lmagan qarz;
favqulodda holatlar - taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan, tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chkilar, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini ko‘zlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar bo‘lib, qabul qilingan majburiyatlar shular tufayli bajarila olmaydi;
Foizlar - har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, shuningdek depozit qo‘yilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad;
Yutuq - lotereyalar, o‘yinlar, tanlovlar, musobaqalar (olimpiadalar), festivallar va shu kabi boshqa tadbirlarda olingan, natura holida yoki pulda ifodalangan to‘lovlar, sovrinlar va boshqa daromadlar;

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin