Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə158/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   214
Moliya va soliqlar

Yaqin qarindoshlar - er, xotin, ota-ona, bolalar, tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillar, bobolar, buvilar, nevaralar;
O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestri - soliq to‘lovchilarga oid davlat ma’lumotlar bazasi tizimi;
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar - buyurtmachiga tegishli xom ashyo va materiallar bo‘lib, buyurtmachi ularni mahsulot ishlab chiqarish uchun boshqa shaxsga sanoat asosida qayta ishlashga beradi hamda tuzilgan shartnomaga muvofiq mahsulot keyinchalik buyurtmachiga qaytariladi;
Hujjat bilan tasdiqlangan xarajatlar - operatsiya sanasini, summasini, xususiyatini aniqlash va uning ishtirokchilarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar.
Aksizosti mahsulotlar – ularga nisbatan aksizlar o‘rnatilgan (belgilangan) mahsulotlar.
Advalor soliq - mahsulot qiymatiga nisbatan qat’iy foiz stavkasida o‘rnatilgan to‘lov. Inflyatsiya sharoitida o‘zining funksiyalarini avtomatik ravishda saqlab qoladi. Bu soliqning tarkibiga savdo soliqlari, importga nisbatan ko‘pgina bojlar va boshqalar kiritilishi mumkin. Mahsulotlarni (jumladan, import mahsulotlarini ham), jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini soliqqa tortishda qo‘llaniladi.
Asosiy fondlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda – hukumat tomonidan belgilangan tartibda hisoblangan, inflyatsiya indeksiga oshirilgan (ko‘paytirilgan) asosiy fondlarning sotish bahosi va ularning dastlabki yoki qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq.
Auditorlik nazorati - auditorlik faoliyatini amalga oshirish borasida litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik firmasi tomonida o‘tkaziladigan mustaqil noidoraviy moliyaviy nazorat. Asosiy vazifasi buxgalteriya hisoboti va moliyaviy hisobotning haqqoniyligi, to‘liqligi va ishonchligi hamda moliyaviy qonunchilikka qay darajada rioya qilinganligini aniqlash (o‘rnatish)dir. Banklar, sug‘urta tashkilotlari, birjalar, nobyudjet va xayriya fondlari, ochiq tipdagi aksionerlik jamiyatlari, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, prokuratura va davlat nazorat organlarining topshirig‘iga binoan har qanday korxona va tashkilotlar majburiy ravishda auditorlik nazoratidan o‘tkazilishi kerak. Auditorlik firmalari buxgalteriya hisoboti va soliq hisob-kitoblari, hisob ishlarini yuritish, loyihalarni moliyaviy ekspertiza qilish va h.k.lar bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Ularning bu xizmatlari tegishli to‘lov (haq) asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin