Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə159/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214
Moliya va soliqlar

Aholiga transfertlar – aholiga to‘lanadigan majburiy to‘lanmalarni (mamlakat qonunchiligiga muvofiq ravishda o‘rnatilgan pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar, kompensatsion va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni) moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan byudjet mablag‘lari.
Balans foyda – mahsulot tannarxiga kiritiladigan barcha xarajatlar va chiqimlar hamda majburiy to‘lovlar chegirilganidan so‘nggi korxona yalpi daromadining qismi. Balans foyda soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan yalpi foydadir.
Byudjet jarayoni – Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish
va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va
tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha qonunchilik bilan reglamantatsiya
qilingan hokimiyat organlarining faoliyati. Yagonalik, mustaqillik va balans
metodi byudjet jarayonining prinsiplaridir.
Byudjet dotatsiyasi - o‘z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar etishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet defitsiti - muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
Byudjetdan mablag‘ ajratish – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet profitsiti – muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
Byudjet rospisi (ro‘yxat-yozuvi) – byudjet klassifikatsiyasining bo‘linmalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar taqsimlanishining asosiy operativ rejasi. Unda yil davomida soliqlar va boshqa to‘lovlarning byudjetga kelib tushish va byudjet mablag‘larining sarflanish muddatlari o‘z aksini topadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin