Moliya va soliqlar


Dempingga qarshi bojxona bojlari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə167/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   214
Moliya va soliqlar

Dempingga qarshi bojxona bojlari – mahsulotni chiqarayotgan mamlakatdagi tovarlarning qiymatidan shu tovarlar olib kirilayotgan mamlakatda shu tovarlarning bahosi past bo‘lsa, bu narsa mamlakat o‘z ishlab chiqaruvchilariga moddiy zarar yetkazish xavfini tug‘dirsa yoki shunga o‘xshash tovarlarni mamlakat doirasida ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin bo‘lsa joriy etiladi.
Yer uchun to‘lovlarning shakllari – yer solig‘i, ijara haqi va yerning normativ bahosidan iborat. Erning egalari, erning mulkdorlari va yerdan foydalanuvchilar yillik yer solig‘iga tortiladi. Ijaraga berilgan yer uchun ijara haqi olinadi. Qonunda ko‘zda tutilgan hollarda sotib olish va bankdan kredit olish uchun garov sifatida yerdan foydalanilganda erning nomativ bahosi belgilanadi (o‘rnatiladi).
Yer solig‘i – yer egalari, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar to‘laydigan soliq. Uning miqdori yer egalari, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar xo‘jalik faoliyatining natijalariga bog‘liq bo‘lmasdan, balki bir yil uchun er birligiga nisbatan barqaror to‘lovlar ko‘rinishida o‘rnatiladi. O‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bu soliqning to‘lovchilaridir. Soliqning stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yer solig‘i yuridik shaxslar tomonidan undiriladi. Penyaning undirilishi ularni javobgarlikning boshqa turlaridan ozod etmaydi.
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq - bu soliqni O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar qazib olishni, shuningdek, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlari qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydilar. Uning obyekti bo‘lib foydali qazilmalar qazib olish hajmi, texnogen hosilalarning hajmi, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlari hajmi, rangli toshlar xom ashyosi, paleontologiya qoldiqlari va boshqa geologik kollektsiya materiallari namunalarini to‘plash uchun berib qo‘yilgan er qa’ri uchastkasi maydoni hisoblanadi. Soliqning stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Yerning normativ bahosi - hisobli qoplash muddati davomida olinishi lozim bo‘lgan potentsial daromaddan kelib chiqqan holda ma’lum sifatdagi va joydagi yer uchastkasining qiymatini ifodalaydigan ko‘rsatkich. Erni mulk sifatida berish uchun, unga nisbatan jamoa-hissali mulkni o‘rnatish uchun, meros sifatida berish, taqdim etish, bank kreditini olish uchun yer uchastkasidan garov sifatida foydalanilganda er munosabatlarini iqtisodiy tartibga solishni ta’minlash uchun joriy etilgan. Odatda erning normativ bahosi er maydoni birligiga to‘g‘ri keluvchi yer solig‘ining 50 martalik hajmi miqdorida o‘rnatiladi. Bu baho hisoblanayotgan paytda yer solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlar inobatga olinmaydi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin