Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə168/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   214
Moliya va soliqlar

Yer uchun ijara haqi - uning hajmi (o‘lchami), shartlari va o‘tkazish muddatlari shartnomaga muvofiq o‘rnatiladi. Qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan erlar ijaraga olinganda uning miqdori ijaralangan uchastkalardan olinadigan yer solig‘ining summasidan oshmasligi kerak. Er uchun ijara haqi alohida yoki butun ijaraga olingan mulkning ijara haqi tarkibida ham olinishi mumkin. Lekin bu holda ham er uchun ijara haqi, albatta, mahalliy byudjetning daromadiga o‘tkazilishi kerak.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar - daromad solig‘i, fuqarolarning mulkidan olinadigan soliqlar (transport vositalari solig‘i, molmulk solig‘i, uy-joy solig‘i, meros tariqasida o‘tadigan mulkdan olinadigan soliq va boshqalar), tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy har yili birinchi yanvargacha bo‘lgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi va soliq bo‘yicha hisob-kitoblar yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga joriy yilning birinchi fevraligacha taqdim etiladi. Yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo‘jaligi korxonalaridan tashqari) soliq yilning har choragida ikkinchi oyning 15-kunigacha to‘lansa, qishloq xo‘jaligi korxonalari bu soliqni bir yilda bir marta – hisobot yilining 15-dekabrigacha to‘laydilar. Bu muddat jismoniy shaxslar uchun joriy yilning birinchi noyabrigacha belgilangan.
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq – umumdavlat soliqlarining tarkibiga kirib, byudjet daromadlarining muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar bu soliqning to‘lovchilari hisoblanadi. Soliq progressiv xaraktyerga ega. U quyidagi shakllarda to‘lanishi mumkin: daromad manbaidan, ya’ni asosiy ish joyidan va boshqa ish beruvchilardan; agar daromad bir necha manba hisobidan olinsa va qonuniy tarzda belgilangan daromadning yillik summasidan oshsa, daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya ko‘rinishida; tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa tortish shaklida. Jami yillik daromad bilan qonunda belgilangan chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq solinadigan daromad soliqqa tortish obyektidir. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoki boshqa mablag‘lar, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromad kiradi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin