Moliya va soliqlar


Soliqni hisoblab chiqarish tartibi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə90/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   214
Moliya va soliqlar

Soliqni hisoblab chiqarish tartibi - soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek soliq imtiyozlaridan kelib chiqib, soliq summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi.
Soliq davri u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq miqdori hisoblab chiqariladigan davrdir. Soliq davri bir necha hisobot davriga bo‘linishi mumkin. Hisobot davrlari yakunlanganda soliq hisobotlarini taqdim etish lozim bo‘ladi. Joriy avans (bo‘nak) to‘lovlarini to‘lash davri hisobot davri bo‘lmaydi.
Soliqlarni to‘lash muddatlari va tartibi. Soliq qonunchiligida har bir soliq turini budjetga to‘lash muddati belgilangan. Soliqni to‘lash muddatlari deganda soliq to‘lovchilarning davlat budjeti oldida soliq majburiyatlarini bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to‘lash muddatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega: joriy avans (bo‘nak) to‘lovlari va haqiqiy daromad olingandan keyingi to‘lovlar.
Soliqni to‘lash tartibi esa soliqning yo‘naltirilganligi (budjetga yoki budjetdan tashqari fondlarga), soliqni to‘lash vositasi (milliy valyuta - so‘mda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi) hamda soliqni to‘lash shakllarida (naqd pul yoki naqd pulsiz) ifodalanadi.
Soliq solish usullari uch xil ko‘rinishda amalga oshirilib, ular quyidagilarga: soliq solishning kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan soliq solish usullariga ajratiladi.
Soliq yuki - soliq to‘lovchi muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyati natijasida to‘lagan soliqlarining yig‘indisini ifodalaydi.
Bunda soliq to‘lovchilar to‘laydigan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri (bevosita) soliqlarda soliq og‘irligi aynan soliqni budjetga hisoblab o‘tkazuvchi soliq to‘lovchilar zimmasiga tushsa, egri (bilvosita) soliqlarda esa soliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat)larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq yukini bir yilda budjetga to‘langan barcha majburiy to‘lovlar yig‘indisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukini ifodalashning bir qancha ko‘rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, mezodarajadagi soliq yuki va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda butun mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko‘rsatkich sifatida muayyan naqt oralig‘ida davlat budjetiga kelib tushgan soliqlar yig‘indisining ana shu vaqt oralig‘ida yaratilgan yalpi ichki mahsulot (YaIM) yoki milliy daromad (MD)ga nisbati olinadi. Mezodarajada ifodalanganda alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalansa, mikrodarajada esa aniq bir olingan sub’yektga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalanadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin