Moliyani boshqarishning asosiy metodologik tamoyillari, usullari va shakllari


Moliyani boshqarish haqida umumiy tushuncha



Yüklə 124,18 Kb.
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü124,18 Kb.
#205087
1   2   3   4   5   6   7   8   9
moliyani boshqarishning asosiy metodologik tamoyillari, usullari va shakllari

4.Moliyani boshqarish haqida umumiy tushuncha

Bizning mamlakatimizda moliyani boshqarishning yangi tizimi tuzilgan bo‘lib, u muntazam takomillashtirib borilmoqda. Moliyani boshqarish tizimi 6-rasmda aks ettirilgan. Moliya siyosatini amalga oshirish natijasida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun sharoitlar yaratuvchi YaIMning qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi.


Tuzilgan moliyani boshqarish tizimi o‘uyidagilarni amalga oshirishi zarur:

  1. Turli darajadagi budjetlarning bajarilishi ta’minlash;

  2. Davlat dasturlarini moliyalashtirilishining tezkorligi oshirish;

  3. Davlat mablag‘larining kelib tushishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish;

  4. Budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish hamda moliya va soliq organlarining muvofiqligini oshirish;

  5. Budjetlarning daromadlar bazasini soliqlarning yig‘uvchanligini oshirish, soliqlarni undirish uslubiyotini takomillashtirish va ularni to‘la yig‘ish hisobiga ko‘paytirish;

  6. Mablag‘larni barcha darajadagi budjetlarning ijtimoiy himoyaga mo‘ljallangan moddalari bo‘yicha ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va o‘z vaqtida va to‘la moliyalashtirilishini ta’minlashga yo‘naltirish;

  7. Valyuta-moliya operatsiyalarining samaradorligini oshirish va milliy valyutani kuchaytirish va b.





6-rasm. O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimi
Moliya tizimini umumiy boshqarishni yuqori hokimiyat va boshqaruv organlari amalga oshiradi:

  1. O‘zR Prezidenti (Prezident Devoni) moliya siyosatining maqsadini belgilaydi, O‘zR Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan moliya qonunchiligi bo‘yicha “veto” huquiga ega.

  1. O‘zR Parlamenti (ikki palatadan: quyi Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat O‘zR Oliy Majlisi) soliqlar, yig‘imlar, soliqsiz to‘lovlarni o‘rnatadi, davlat budjetini tasdiqlaydi, moliyaviy qonunchilikni qabul qiladi va b.

  1. O‘zR Hukumati (Vazirlar Mahkamasi) davlat budjetini ishlab chiqadi, moliyani boshqarishning muvofiqlashtiruvchi markazi sifatida namoyon bo‘ladi.

  2. O‘zR Moliya vazirligi – moliya siyosatini amalga oshiruvchi markaziy organ. U O‘zbekiston Respublikasida moliya, pul-kredit va valyuta siyosatining yaxlitligini ta’minlaydi.

  3. Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi soliqlarni, bojxona bojlarini, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni to‘ri hisoblanishi, budjetga to‘la va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.

  1. O‘zR Markaziy banki pul-kredit va moliya siyosatini amalga oshirish bo‘yicha muhim organ hisoblanadi. U G‘aznachilik bilan birgalikda budjetning kassa ijrosini amalga oshiradi, boshqa kredit muassasalarining faoliyatini nazorat qiladi.

  1. O‘zRning Hisob palatasi moliyaviy qonunchilikni bajarilishini va davlatni pul mablag‘larining harakatini nazorat qiladi. U O‘zR Oliy Majlisiga bo‘ysunadi.


Yüklə 124,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin