Sotish narxlari bo‘yicha hisob yuritadigan chakana savdo korxonalari sotilgan tovarlarga to‘g‘ri keluvchi savdo ustamasi summasini hisobdan chiqarishlari kerak. 21-son BHMS buni quyidagi yozuv bilan aks ettirishni tavsiya etadi: 2980-«Savdo ustamasi» schyoti debeti 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi» schyoti krediti.
Sotilmagan tovarlar qoldig‘iga to‘g‘ri keladigan savdo ustamalari summalari bel-gilangan miqdorlarga muvofiq tovarlarga qo‘yiladigan ustamalarni belgilash yo‘li bilan inventarlash ro‘ixatlari asosida aniqlashtiriladi.
Chakana savdo korxonalarida sotilmagan tovarlar qoldig‘iga ustama summasi oy boshidagi tovarlar qoldig‘iga to‘g‘ri keluvchi ustama summasi va 2980-“Savdo ustamasi” schyoti debeti bo‘yicha aylanma summasiga (boshqa hisobdan chiqarishlarga) kamay-tirilgan 2980-“Savdo ustamasi” schyoti krediti bo‘iicha aylanma summasining oy davomida sotilgan tovarlar summasi (hisob narxlari bo‘yicha) va oy oxiridagi tovarlar qoldig‘iga (hisob narxlari bo‘yicha) nisbati tariqasida hisoblangan foiz bo‘yicha aniqlanishi mumkin.