Tovarlarni sotishdan olingan daromad aks ettiriladi
4010;5010
9020
Sotilgan tovarlarning tannarxi hisobdan chiqarildi
9120
2900
Sotuvdan (narxdan) chegirmalarni taqdim etish
9050
4010
Hisobot davri oxirida 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotining yopilishi
9020
9050
Sotuvchi korxona xaridorga sotilgan tovar uchun to‘lov summasini kechiktirib to‘lash imkonini berishi mumkin, ya’ni xaridorga tijorat krediti taqdim etiladi va odatda xaridor govarning qiymatini ham, uning uchun to‘lov kechiktirilganligi uchun foizlarni ham to‘lashi kerak bo‘ladi.
To‘lov kechiktirilganligi uchun sotuvchi korxona olishi kerak bo‘lgan foizlar summasi moliyaviy faoliyatdan daromadlarga kiritilishi lozim (Soliq kodeksining 132-moddasiga ko‘ra solish maqsadida — boshqa daromadlarga).
Misol. Korxona shartnoma bo‘yicha narxi 1200ming so‘mni tashkil qilgan tovarni sotadi. Sotilgan tovarning tannarxi — 820ming so‘m, Shartnoma shartiga ko‘ra xaridor bilan hisob-kitobning quyidagi tartibi belgilangan:
tovar qiymatidan 20 % oldindan to‘lov;
tovar qiymatining qolgan qismi u olingandan so‘ng 30 kun o‘tgach to‘lanadi;
bo‘nak tariqasida to‘lanmagan tovar qiymatidan 5 % miqdorida foizlar to‘lanadi.