Moliyaviy hisob va hisobat


-jadval Xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə118/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

8.10-jadval
Xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish

T/r

Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

Summa,
ming so‘m

Debet

Kredit

1

Xaridordan bo‘nak olindi

240

5110

6310

2

Tovarni sotishdan olingan daromad aks ettirildi

1 200

4010

9020

3

Sotilgan tovarning tannarxi hisobdan chiqarildi

820

9120

2910

4

Tovar uchun to‘lov kelib tushdi

960

5110

4010

5

Oldin olingan bo‘nakni hisobga olish aks ettirildi

240

6310

4010

6

To‘lov kechiktirilganligi uchun foizlar aks ettirildi

48

4830

9530

Tovarlar bepul topshirilganda qo‘shilgan qiymat solig‘i solish maqsadlari uchun kiritiladigan aylanma tovarlarning tannarxi yoki tovarlar olingan baho asosida (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda) aniqlanadi (Soliq kodeksining 130-moddasi).


Soliq solish maqsadida tovarlarni beggul topshirishdan ko‘rilgan zararlar foyda solig‘i hisob-kitobida chegirilmaydigan xarajatlar deb e’tirof etiladi, O‘zbekis-ton Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi-ning qaroriga ko‘ra toshiiriladigan tovarlar bundan mustasno.
8.11-jadval
Tovarlarni tekinga berish

Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

Debet

Kredit

Hadya shartnomasi bo‘yicha berilgan tovarlarning tannarxi hisobdan chiqarildi

9120

2900

Tovarlerni hadya shartnomasi bo‘yicha berish aks ettiriladi

4010

9020

Tovarlarni tekinga berishdan ko‘rilgan zarar aks ettiriladi

9430

4010

Misol. Chakana savdo korxonasi 850ming so‘mlik bolalar assortimentidagi tovarlarni maktab-internatga tekinga beradi. Tovarlarning xarid kiymati — 850 ming so‘m.


8.12-jadval
Tovarlarni tekinga berishoperatsiyalarini aks ettirish

T/R

Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

Summa,
ming so‘m

Debet

Kredit

1

Berilgan tovarlarning tannarxi hisobdan chiqarildi

850

9120

2910

2

Tovarlarni hadya shartnomasi bo‘yicha berish aks ettiriladi

850

4010

9020

3

Tovarlarni tekinga berishdan ko‘rilgan zarar aks ettiriladi

850

9430

4010

Tovarlarni boshqa tashkilot ustav kagaggaliga ulush hisobiga berishda ta’sischi korxona (ishtirokchi) tovarlarning chiqib ketishini ularning balans qiymati bo‘yicha 2900-“Tovarlar” guruhi schyotlari kreditida aks ettiradi.


Qo‘shilgan qiymat solig‘i solish maqsadida tovarlarni ustav kapitaliga qo‘shilgan hissa sifatida berish realizatsiya qilish oboroti deb e’tirof etiladi va QQS solinadigan aylanmalarga kiritiladi (Soliq kodeksining 199-moddasi).
8.13-jadval
Tovarlarning boshqa tashkilotlar ustav kapitaliga ulush hisobiga berilishi

Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

Debet

Kredit

Tovarlarni ustav kapitaliga berishda ularning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarildi

9120

2900

Ustav kapitaliga muassislar o‘rtasida kelishilgan (baholangan) qiymati bo‘yicha tovarlar bilan kiritilgan ulush aks ettirildi

0600

9020

Tovarlarni oluvchi tashkilot ustav kapitaliga qo‘yilma sifatida olingan tovarlar bo‘yicha etkazib beruvchi tomonidan to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini quyidagi shartlarga rioya qilgan holda hisobga oladi (Soliq kodeksining 218-moddasi);



  • tashkilot qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi bo‘lsa;

  • hisobvaraq-faktura yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i alohida ajratib ko‘rsatilgan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa.

Agar tovar xarid qiymatidan past narxda hissa sifatida berilsa, QQS xarid qiymati summasidan hisoblanadi.
Tovarlar o‘z ehtiyojlariga berilganda savdo ustamasi summasi teskari o‘tkazma bilan hisobdan chiqariladi (tovarlar sotish narxlarida hisobga olinganda).

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin