6.15-jadval
Korxona buxgalteriya hisobida kseroksni hisobdan chiqarish aks ettirilishi
T/r
|
Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni
|
Summa,
ming so‘m
|
Debet
|
Kredit
|
1.
|
Kseroksning boshlang‘ich qiymatini hisobdan chiqarish
|
1200
|
9210
|
0150
|
2.
|
Hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish
|
960
|
0250
|
9210
|
3.
|
Kseroksning qayta baholash saldosini hisobdan chiqarish
|
100
|
8510
|
9210
|
4.
|
Kserokning buzilishidan ko‘rilgan talafot (zarar)ni aks ettirish
|
340
|
5910
9430
|
9210
5910
|
5.
|
Olingan zarar summasini moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarish
|
340
|
9910
|
9430
|
Asosiy vositalarni tugatish to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV-4-son shakl) va transport vositalarini tugatish to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV-4a-son shakl) ikki nusxada tuziladi, korxona, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va korxona, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Birinchi nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi asosiy vositalar obyektlarining saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsda qolib, hisobdan chiqarish natijasida qolgan moddiy boyliklar yoki temir-tersakni omborga topshirish va sotish uchun asos bo‘ladi. Transport vositasini hisobdan chiqarishda buxgalteriyaga dalolatnoma bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida hisobdan chiqarilganligini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |