Moliyaviy hisob va hisobat


Sanoat dizaynini ro‘yxatdan o‘tkazish-



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə96/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Sanoat dizaynini ro‘yxatdan o‘tkazish-ishlab chiqarishda yaratilgan buyumning namunasi yoki patentga o‘xshab ketadi. Ammo patent faoliyatni himoya qilsa sanoat dizaynini ro‘yxatga olish esa tashqi ko‘rinishni himoya qiladi. Masalan, kompyuter terminalining yangi dizayni dizainning ro‘yxatga olinishi bilan yangi “Rentium-5”-kompyuter esa-patent bilan himoya qilinadi.
Mualliflik huquqlari- musiqa, adabiyot, tasviriy sanat asarlariga taqdim etiladigan mualliflik himoyasidir. Mualliflik huquqi sohiblariga o‘z ishlarini nashr qilish, qayta nashr qilish va ko‘paytirish, ko‘chirma nushalarini sotish, yozib olish huquqi beradi.
Mualliflik huquqi qiymati tannarx qoidasiga binoan o‘lchanadi, deb faraz qilinadi. U ko‘pincha butun amal qilish muddati mobaynida iqtisodiy qiymatga ega bo‘lmaydi va uning qiymati mualliflik huquqiga oid ishning daromad keltira boshlashi ko‘tilayotgan davr davomida amortizatsiya qilinishi lozim bo‘ladi. Ammo u har qanday holatda ham butun amal qilish muddatidan ortiq vaqt davomida (muallifning hayot ekanligi davrining yana 50 yil) amortizatsiya qilinmasligi kerak.
Savdo markalari, savdo belgilari - mahsulot yoki xizmatlarga oid berilgan nomlar, ramzlar yoki boshqa xil (aniqlab beruvchi) identifikatsiyalar. Ular egalik qilishni asoslash uchun ro‘yxatga olinishi, ro‘yxatga olinganlari esa-ularning faoliyat muddatlarini ma’lum bir davrga uzaytirish asosida yangilanib borishi mumkin. Bunday hollarda nomlanishlar, ramzlar va mahsulotniig boshqa aniqlovchi identifikatsiyalari yuridik jihatdan himoyalanadi.
Savdo markalari yoki savdo belgilari - mahsulot yoki xizmatlarga oid berilgan nomlar, ramzlar56.
Savdo markasining sotib olinishi vaqtida to‘langan pul mablag‘lari qiymati kapitallashtirib boriladi. Uning foydalanilishi, himoya qilinishi, kengaytirilishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki sudda himoya qilinishi natijasida yuzaga kelgan pul summalari ham kapitallashtiriladi.
Bu tariqa kapitallashtirilgan summalar savdo markasining foydali xizmat qilishi muddati mobaynida yoki ushbu muddatlardan qaysi biri nisbatan qisqa bo‘lib chiqishidan kelib chiqqan holda - 40 yil mobaynida amortizatsiya qilinishi lozim.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin