O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar Asosiy vositalarga nimalar kiradi?
“Asosiy vositalar” nomli 5-BHMSni nima uchun kerak?
Asosiy vositalarga xarajatlar deganda nimani tushunasiz?
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va tartibini tushuntiring.
Asosiy vositalar harakati qaysi hujjatlarga asosan olib boriladi?
Asosiy vositalar bilan bog‘liq ijara munosabatlarini izohlang.
Asosiy vositalarning sintetik va analitik hisobining yoritib bering.
Asosiy vositlarni inventarizatsiyasi va uning ahamiyati nimadan iborat?
Asosiy vositalarning chiqib betishi bilan bog‘liq daromadlarni aniqlash tartibi va hisobi anday yuritiladi?
7 - BOB. NOMODDI AKTIVLAR HISOBI
7.1. Nomoddiy aktivlar to‘g‘risida tushuncha va ularning turkumlanishi “Nomoddiy aktivlar” nomli 7-son BHMSga muvofiq, nomoddiy aktivlar - moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obyektlari.
“Nomoddiy aktivlar” nomli 38-son buxgalteriya hisobining xalqaro standartida quyidagicha ifodalangan; nomoddiy aktivlar pul (qiymat) ko‘rinishga, material-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishda qatnashuvchi, ijaraga berish mumkin bo‘lgan va boshqaruv maqsadlarida foydalanuvchi aktivlardir.
Nou-xau-ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati jarayonida foyda keltiruvchi yangi texnologiyadir.
Nou-xau-yangi texnologiyalarni foyda olish mqsadida ishlab chiqarish jarayonida qo‘lash.54 Nou-xau xo‘jalik yurituvchi subyekt ta’sischilari kelishuvida aniqlangan qiymat bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav kapitaliga ulush hisobida ta’sischilar kiritishi ham mumkin.
Tashkiliy xarajatlar, xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil qilish davomida vujudga keladi, xo‘jalik yurituvchi subyekt har bir ishtirokchisi faoliyatning boshlang‘ich davridagi tashkiliy xarajatlar va yo‘qotishlardan tashqari, maslahatchilar xizmatlari, reklama tadbirlari, hujjatlarni tayyorlash, ro‘yxat olish va xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Patent - bu yuridik jihatdan tan olingan va ro‘yxatga olingan mutloq huquqdir. Patentga tegishli huquq uning egasiga tashqaridan boshqa shaxslar aralashmasligi sharti bilan buyumdan yoki g‘oyadan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini beradi.
Patent – yuridik kuchga ega bo‘lgan va ro‘xatga olingan huquqdir.55 Patentning tegishli organlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning himoyalanishiga kafolat bermaydi. Ushbu huquqlar sudda muvofaqqiyat bilan himoyalanmaguniga qadar raqobatbardosh bo‘la olmaydi. Shuningdek, sudda huquq himoya qilinishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni patent bahosining bir qismi sifatida kapitallashtirish lozimligi to‘g‘risida umumiy kelishuv mavjud.
Mabodo sud jarayonida yutqazilsa, u bilan bog‘liq xarajatlar ham amortizatsiya qilinmagan patent qiymati ham hisobdan chiqariladi