Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari…


Pul mablag‘larini egri usuldagi tahlili



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə19/26
tarix20.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#133209
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Dissertatsiya Rasulov Sh.Sh.(1)

Pul mablag‘larini egri usuldagi tahlili. Egri usulda pul mablag‘larini tahlil etishning axborot ta’minoti sifatida buxgalteriya balansi, metodologiya asosi tahlilning balans usuli hisoblanadi.
Mazkur usulda pul mablag‘larining kirimida balans passivi moddalarining o‘sishi va aktiv moddalarning kamayishi, pul mablag‘lari chiqimida balans aktiv moddalarining ko‘payishi va passiv moddalarining kamayishini xarakterlaydi.
Pul mablag‘lari ko‘payishida asosiy manba joriy davr foydasi va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi.
Umumiy ko‘rinishda pul mablag‘lari harakatini, hisob-kitobini quyidagi formula asosida topish mumkin
SPX = SF + AA - (ΔA + AA) + (ΔP - SF)
Bunda:
SF – joriy davr sof foydasi;
AA – amortizatsiya ajratmalari; ΔA – aktivlarning o‘zgarishi; ΔP – passivlarning o‘zgarishi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari va ularning yekvivalentlarini keltirib chiqarish, shuningdek‚ keltirib chiqarilgan pul mablag‘lari va ularning yekvivalentlaridan maqsadli va samarali foydalanish juda qiyin jarayon. Ya’ni pulni topish qiyin uni ishlatish undanda qiyin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida, xo‘jalik jarayonlarida doimo pul mablag‘lari va ularning yekvivalentlariga zaruriyat seziladi. Negaki barcha munosabatlar ushbu oqim harakati bilan boshlanadi va tugaydi. Barcha moliyaviy munosabatlar ham ushbu birlik orqali tartiblanadi.
Har bitta xo‘jalik yurituvchi subyekt yetarli miqdorda pul va pul yekvivalentlari bilan ta’minlangan holdagina uning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyati uzluksizligi ta’minlanadi. Agar ta’minotda uzilish bo‘ladigan yoki zaruriy likvid mablag‘larga yetishmovchiliklar kuzatiladigan bo‘lsa bunday subyektning nafaqat operatsion faoliyati‚ balki butun xo‘jalik faoliyatida tanglik yuzaga keladi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi va uni boshqarish yanada murakkablashadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromad keltiruvchi faoliyat turlari, shakllari qanchalik farqli bo‘lmasin, ularning pul mablag‘lari va pul yekvivalentlariga bo‘lgan yehtiyojlari bir xil sabablardan kelib chiqadi. Bu uzluksiz va davomli faoliyatni amalga oshirish aktivlarni sotib olish va joylashtirish, o‘z majburiyatlarida amalga oshirish, investorlarga daromadlarini to‘lash yuzasidan zaruriy amallarning bir xilligidan kelib chiqadi.
Pul mablag‘larining manbalarida birinchi navbatda xususiy kapitalning shakllanishiga ahamiyat qaratish lozim. Xususiy kapital xo‘jalik yurituvchi subyektning boshlang‘ich kapitalidir. Ushbu kapital asosiy va aylanma kapital minimumini ta’minlab beradi.
Pul oqimlarining shakllanishi va ularning ishlatilishidagi umumiy jihatlar bilan bir qatorda albatta har bitta korxonaning ularning harakati, tezligi yuzasidan o‘ziga xos jihatlari mavjud. Masalan: pul va pul yekvivalentlarining harakati savdoda, umumiy ovqatlanishda, qurilishda, sanoatda, qishloq xo‘jaligida bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu tarmoq va bo‘g‘inning, korxona faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Pul mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil yetish ko‘p jihatdan korxonalarda pul mablag‘larining harakatini optimal boshqarishni tashkil yetilganligiga va ular ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yilganlik darajasiga bog‘liq. Biroq, ko‘plab korxonalarda pul mablag‘lari va pul yekvivalentlarini boshqarish va doimiy nazorat qilishdagi kamchiliklar tufayli moliyaviy natijaviylikdagi ijobiy holat, debitorlik majburiyatlarini oshirib yuborish, undirilmagan qarzdorlikning ko‘payishi hisobiga moliyaviy holat yomonlashganligini ko‘rish mumkin. To‘g‘ri bu holat keyingi faoliyatlar uchun manba sifatida qaralishi mumkin, lekin ularning doimiy aylanishdan chetlanishlari tufayli korxona ish faolligi, likvidligi sustlashadi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi. Shu sababli, pul mablag‘larini boshqarishda har bitta korxonaning pul mablag‘lari va pul yekvivalentlarining faoliyat uzluksizligini ta’minlash, majburiyatlarning ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan taktik boshqaruvini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi.
Korxona moliyaviy holatini tahlil qilish bilan shug‘ullanayotgan har bir xodim moliyaviy hisobot shakllarini, shu jumladan, pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot shaklini yerkin o‘qiy olishi, uning moddalarini tushunishi, shuningdek‚ xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishlari kerak.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy resurslardagi barcha o‘zgarishlar aks yettiriladi.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘larining harakati aks yettiriladi.
Moliyaviy hisobotda kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘lgan pul mablag‘laridagi barcha o‘zgarishlar shunday tartibda aks yettirilishi lozimki, u pul mablag‘lari bilan ularga yekvivalent bo‘lganlar o‘rtasida, ya’ni, qisqa muddatli va yuqori likvid investitsiyalar, yerkin ayirboshlanadigan pul mablag‘lari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash imkonini ta’minlasin.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotga “Valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lumotnomaˮ ilova qilinib, unda davr boshi va oxiriga bo‘lgan qoldiqlar, valyuta mablag‘lari tushumi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks yetadi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli ko‘p jihatdan real pul aylanmasiga bog‘liq. Korxonaning hisob-kitob va o‘zga hisob raqamlari orqali o‘tadigan pul mablag‘larining kelib tushishi va ularning sarflanishiga pul mablag‘lari oqimi deyiladi.
Pul mablag‘lari oqimini tahlil qilish uchun 4-shakl “Pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobotˮ moliyaviy hisoboti, shuningdek, 1-sh shaklidagi “Korxona (tashkilot) moliyaviy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidaˮgi statistika hisoboti asosiy ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot – moliyaviy hisobot hujjati bo‘lib, unda joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida pul mablag‘lari kelib tushishi, sarflanishi va ularning yil boshi va oxiridagi qoldig‘i, shuningdek, investitsiya va moliyaviy faoliyatga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari aks yettiriladi. Pul mablag‘lari oqimiga so‘m va valyutadagi pul mablag‘lari kiritiladi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin