Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari…



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə21/26
tarix20.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#133209
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Dissertatsiya Rasulov Sh.Sh.(1)

Ko‘rsatkichlar

Belgi

2020 y

2021 y

2022 y

Pul mablag‘lari kirimi, ming so‘m

PMk

4 796

6 813

9 639

Pul mablag‘lari chiqimi, ming so‘m

PMch

4 718

6 874

9 634

Korxona faoliyatining
moliyaviy natijasi

F

-202

1 866

2 089

Pul oqimlarining o‘rtacha qoldig‘i, ming so‘m

POq

79

18

23

Sof pul oqimining yetarliligi

Kpm

101,65

99,11

100,05

Olingan pul mablag‘larining
Rentabelligi

Rpmk

-

27,15

21,68

Sarflangan pul mablag‘larining
Rentabelligi

Rpmch

-

27,39

21,67

O‘rtacha pul qoldig‘ining
Rentabelligi

Rpmq

-

10 366,67

9 082,61

Korxonada sof pul oqimining yetarliligi 2020-yilda 101.65 %ni, 2021-yilda 99.11 %ni, 2022-yilda 100.05 %ni tashkil qilgan. Sarflangan pul mablag‘larining rentabelligi mos ravishda 2021-yilda 27.39 %ni, 2022-yilda 21.67 %ni tashkil qilgan.


3.2.2-jadval
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot19

Ko‘rsatkichlar nomi

Satr kodi

Kirim

Chiqim

1

2

3

4

Operatsion faoliyat










Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari

010

4 517 395,6




Material, tovar, ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari

020




1725 282,9

Xodimlarga va ular nomidan to‘langan pul mablag‘lari

030







Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlar va to‘lovlari

040

1921 254,7

4320 200,4

Jami: operatsion faoliyatning sof pul kirimi / chiqimi (satr 010-020-030+/-040

050

6438 650,3

6045 483,3

Investitsiya faoliyati










Asosiy vositalarni sotib olish va sotish

060

1 484,1




Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish

070







Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish

080

349 357,3




Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari

090







Jami: investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 060+/-070+/-080+/- -090



100

350 841,4




Moliyaviy faoliyat










Olingan va to‘langan foizlar

110

374 998,1




Olingan va to‘langan dividendlar

120







Aksiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari

130







Xususiy aksiyalar sotib olingandagi pul to‘lovlari

140







Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari

150







Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari

160







Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari

170







Jami: moliyaviy faoliyatning sof pul kirim / chiqim (satr 110+/-120 +130-140+/-150+/-160+/-170)

180

374 998,1




Soliqqa tortish










To‘langan daromad (foyda) solig‘i

190




565 531,2

To‘langan boshqa soliqlar

200




16 210,7

Jami: to‘langan soliqlar (satr 190+200)

210




581 741,9

Jami: moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining sof pul kirimi / chiqimi (satr 050+/-100+/-180-210)

220

7164 489,8

6627 225,2

Yil boshidagi pul mablag‘lari

230

240 164,7




Yil oxiridagi pul mablag‘lari

240

777 429,3




Omilli tahlil etish metodikasini quyidagi jadvaldagi hisob-kitoblar asosida ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Har bitta ta’sir omilining natijaviy ko‘rsatkichga ta’sirini baholashda zanjirli almashtirish usuli orqali hisob-kitob qilishimiz mumkin.
Pul mablag‘lari aylanma aktivlarning yeng likvid qismi hisoblanadi. Xo‘jalik faoliyati, moliya munosabatlari pul mablag‘larini turli aktivlarga ishlatish va uning yakunida oldingi jarayonlarning yutug‘i hisoblangan foydaga yega bo‘lishni nazarda tutadi. Jarayonlar ishlab chiqarilgan mahsulot (ish va xizmat)lar o‘z yegalari tomonidan tan olingan va tasarruf yetishga qabul qilingan holda ularga tegishli bo‘lgan qiymatliklar sotuvchiga to‘la to‘lab berilsa yakuniga yetadi. Bu yesa jarayonning yangi siklini boshlash uchun ham manba hisoblanadi20.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda foydalanilganda, foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyektning sof aktivlaridagi o‘zgarishlarni, ularning moliyaviy strukturasi (likvidligi va to‘lov qobiliyati)ni va o‘zgarayotgan imkoniyatlar va sharoitlarga moslashish maqsadida o‘zining pul oqimlari summasi va muddatlariga ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatini baholash uchun ma’lumot bilan ta’minlaydi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari va ularning yekvivalentlarini keltirib chiqarish imkoniyatlarini baholashda foydalidir, hamda foydalanuvchilarga har xil xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli kelgusi pul oqimlarining keltirilgan (diskontlangan) qiymatini baholash va solishtirish modellarini ishlab chiqish imkonini beradi. U, shuningdek, turli xil xo‘jalik yurituvchi subyektlarning operatsion faoliyati ko‘rsatkichlari haqidagi hisobotlarining qiyoslanuvchanligini oshiradi, chunki u bir xil operatsiya va hodisalarning turlicha hisobga olinishi oqibatlarini bartaraf qiladi.
Korxona menejerlarining yeng muhim ye’tibori pul tushumlarini ko‘paytirishga va xarajatlarni kamaytirishga qaratiladi. Bu borada birinchi navbatda ishlab chiqarish va sotish jarayonlarida debitorlik majburiyatlarini doimiy nazorat qilish, zaxiralarni tartiblash, kreditorlik majburiyatlari va qarzlarga bog‘lanmaslik siyosatini yuritilishi talab yetiladi. Shu sababli, pul oqimini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy o‘rganib turish talab etiladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin