Korxonalarning pul oqimlarini moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida jamlangan qatorlari bo‘yicha tahlil qilish ularning umumiy o‘zgarishlariga gorizontal va vertikal usullarda baho berishdan boshlanadi.
Naqd pul oqimining bashorati biznes rejaning muhim jihatlaridan biridir. Bu orqali naqd pul oqimini nazorat qilish, yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olish yoki mavjud imkoniyatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Boshqa faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari kirimi oldingi oylar va choraklar natijasiga qarab belgilanadi va asosiy faoliyatdan pul mablag‘lari kirimiga qo‘shiladi.
2. Davr oralig‘ida pul mablag‘lari chiqimini bashoratlash. Birinchi navbatda naqd pul chiqimi belgilanadi. Uning muhim tarkibiy birligi mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan kreditorlik majburiyatlarini qoplash hisoblanadi.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga bo‘lgan kreditorlik majburiyatlarining to‘lov muddatlarini kechiktirilishi korxona uchun boshqa moliyalashtirish manbasi ham bo‘lishi mumkin. Shu sababli‚ ko‘pincha xo‘jalik subyektlari ushbu majburiyatlarni imkon qadar kechiktirishga harakat qiladilar.
Kreditorlik majburiyatlarining salmoq ulushi ish haqi bo‘yicha majburiyatlarga, soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar qatoriga ham to‘g‘ri keladi.
3. Sof pul oqimini aniqlash. Bashorat qilinadigan sof pul oqimi ularning kirim va chiqimini farqlash asosida aniqlanadi. Natija ijobiy (ortiqchalik) va salbiy (yetishmovchilik) shaklida bo‘lishi mumkin
4. Pul mablag‘lariga bo‘lgan qisqa muddatli moliyalashtirishning umumiy hajmini aniqlash. Moliyalashtirish yuzasidan ko‘pgina xo‘jalik yurituvchi subyektlari qisqa va uzoq muddatli bank kreditlari, ssudalarini jalb yetishni maqbul ko‘rishadi. Uning hajmi albatta bashoratlangan sof pul oqimiga qarab belgilanadi.